Ushbu sahifada 17 ta nemischa ismlar ro‘yxati berilgan.
Bu ism yunonchadan olingan bo‘lib, xalq himoyachisi degan ma’noni anglatadi. Ushbu nom ostida dunyoga mashhur Aleksandr Makedonskiyni keltirish mumkin.
Benjamin ismining qisqargan shakli Bendir. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Benjamin Yoqub va Rohilaning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan. Ushbu ismning o‘ziga xos ma’nosi bo‘lmasa-da, odatda kuchlilikni tarannum etadi.
Ushbu ism turli mamlakatlar urf-odatlariga monand bo‘lgani uchun ham ko‘p qo‘llaniladigan nomlardan biri. Emiliyaning kelib chiqishi Rim familiyasiga borib taqaladi. Maftunkor va jarangli nom bo‘lgani uchun ham umrboqiy ism sanaladi.
Emma keng va ommabop ism bo‘lib, bir butun, kuch-qudrat degan ma’noni anglatadi. Germaniyada o‘rta asrlarga kelib, Emma ismi juda mashhur bo‘lib ketdi.Emma ismi Ermintruda va Irmgard nomining qirsqargan shaklidir.
Feliks ismi lotinchadan olingan bo‘lib, baxtli, omadli degan ma’noni anglatadi. Ushbu ism keng qo‘llaniladigan nomlardan biridir.
Joanna ismining ma’nosi parvardigorning marhamati keng deganidir. Bu ism ham umbroqiy sanalib, kuch va qudrat, rahm-shafqat timsoli sifatida qaraladi.
Leon ismi ko‘plab tillardan kelib chiqqan mashhur nomlardandir.Shu bilan bir qatorda, kuch va qudrat ramzi sifatida qaraladi. Ushbu nom yunonchada sher degan ma’no anglatadi. Sherdek qudratli va kuch sohibi bo‘lsin degan ramziy ma’noda ham qo‘llanadi.
Leoni nemischadan kelib chiqib, qat’iyatli, ishonch, yetakchi deganidir. Germaniyaning o‘zida juda mashhur bo‘lib, dunyoning boshqa davlatlarida ham qo‘llaniladi.
Lukasning lug‘aviy ma’nosi turli tillarga taalluqli. Umumiy qilib olganda, mehribonlik va sadoqat ramzi sifatida qaraladi.
Buyuk, zo‘rlarning zo‘ri degan ma’noni anglatadi. Ushbu nom ostida taniqli shaxslar yashab o‘tgan. Shuning uchun ham ushbu ismda yetakchilik, shuhratparastlik "ifori" kelib turadi.
Asrlar davomida keng qo‘llanilgan nomlardan biri. Ushbu mashhur ismning kelib chiqishi nemis millatiga borib taqaladi. Maftunkorlik, poklikni tarannum etuvchi ism sanaladi. Mariya nomi Maryam ismining qisqargan shaklidir. Injilda Isoning onasining nomi Maryam bo‘lgan.
Miya nemischa ism bo‘lib, menga tegishli, meniki deganidir. Yevropada keng qo‘llanaladigan nomlardan biridir.
Sharlotta fransuzcha ism bo‘lib, mustaqil, erkin deganidir. Bu nom asrlar davomida qo‘llanib, mashhur insonlar aynan Sharlotta nomi bilan atalgan. Qirolicha va malikalarning nomi aynan shu ism bilan jarang sochgan.
Sofiya yunonchadan olingan bo‘lib, donolik degan ma’noni anglatadi. Bu nom Mrakaziy Osiyo va Yevropada mashhurlikka erishgan. Necha asrlar davomida tildan-tilga o‘tgani bois go‘zallik ramzi sifatida qaraladi.
Ushbu ismning kelib chiqishm nemis va yunonchaga borib taqaladi. Uning ma’nosi jangda ulug‘vor xizmat qilgan degan ma’no kasb etadi. Shuningdek, hurmat, kuch va chidam ma’nolarini ham anglatadi.
Xanna nemischa ism bo‘lib, inoyat, marhamat degan ma’noni anglatadi. Ushbu ism go‘zallik, joziba kabi fazilatlar bilan bog‘liq bo‘lib, Yevropada mashhur nomlardan biri sanaladi.
Yonas kaptar degan ma’noni anglatadi. Kaptar tinchlik va farovonlik ramzi. Bu esa o‘z navbatida rahm-shafqat, samimiylikni tarannum etuvchi beg‘ubor nomligini anglatadi.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.