Elyor Ishmuhammedov Muhitdinovich

 Elyor Ishmuhammedov Muhitdinovich
Rejissyor
Tavallud sanasi:
01.05.1942

Taniqli o’zbek kinorejissyori Elyor Ishmuhamedov «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni sohibidir. Uning filmlari o’zbek kinosiga yangi ruh olib kelgan, matbuotda ijobiy baholangan, san’at muxlislariga manzur bo’lgan, xalqaro, sobiq Ittifoq kinofestivallarida yuqori baholangan hamda sovrinlar bilan taqdirlangan.

Kinorejissyor Elyor Ishmuhamedov 1942 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1967 yilda Moskva Butunittifoq Davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetini tugatgach (Moskvada talabalik davrida, 1963 yilda «Uchrashuv» nomli qisqa metrajli filmini suratga olgan), «O’zbekfilm» kinostudiyasida postanovkachi rejissyor sifatida o’z faoliyatini boshlab, «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969), «Uchrashuvlar va ayriliqlar» (1973), «Qushlar bizning do’stimiz» va boshqa badiiy filmlarni suratga oldi.

Bu filmlar o’zbek kinosiga yangi ruh olib keldi, matbuotda ijobiy baholandi, san’at muxlislariga manzur bo’ldi, xalqaro, sobiq Ittifoq kinofestivallarida yuqori baholandi hamda sovrinlar bilan taqdirlandi.

E. Ishmuhamedovning «Nafosat» badiiy filmi Lokarnada bo’lgan XX Xalqaro kinofestivalda maxsus sovringa, Frankfurt Maynedagi kinofestivalda esa Kumush medalga va yaxshi rejissyorlik ishi sifatida Maxsus sovringa, «Sevishganlar» badiiy filmi Minskda bo’lgan IV Umumittifoq kinofestivalida va Kesakadagi (Vengriya) festivalida mukofot va maxsus sovringa sazovor bo’ldi.

Elyor Ishmuhamedov hujjatli kinoda ham o’z kuchini sinab, O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida «Hur yoshligim», «Toshkentda shunday anhor bor», «Velosiped poygasi» filmlarini suratga oldi va bu filmlar ham madaniy jamoatchilikka manzur bo’ldi. 

E.Ishmuhamedovning ijodi munosib taqdirlandi. Unga «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ishmuhammedov_elyor_muhitdinovich