​Murod Muhammad Do‘st

​Murod Muhammad Do‘st
Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1948 yil

Murod Muhammad Do‘st iste'dodli adib. Murod Muhammad Do‘stning qissalari talabchan kitobxon va adabiyotshunos-munaqqidlar e'tiborini qozongan.

Uning ijodi 70-yillardan boshlangan.

Murod Muhammad Do‘st 1990 yilda Hamza mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Tarjimai hol

Iste'dodli adib Murod Muhammad Do‘st 1948 yili Samarqandning Jom qishlog‘ida tug‘ildi.

U Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil ko‘rdi.

So‘ngra «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, «Sharq yulduzi» jurnalida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, «O‘zbekkino» Davlat aksiyadorlik kompaniyasida faoliyat ko‘rsatdi.

Uning ijodi 70-yillardan boshlangan. Yozuvchining dastlabki hikoyalar to‘plami 1976 yili «Qaydasan, quvonch sadosi?» nomi bilan nashr etilgan.

Shoirning «Mustafo», «Iste'fo», «Dashtu dalalarda», «Chollardan biri», «Bir toychoqning kuni» kabi hikoya va qissalari chop etilgan.

1983 yilga kelib uning «Galatepaga qaytish» nomli qissasi yaratildi.

Shundan so‘ng u turg‘unlik davrining ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi «Lolazor» (1988) romanini yaratdi.

Bu roman 1990 yilda Hamza mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Murod Muhammad Do‘stning, ayniqsa, «Galatepaga qaytish» nomli qissasi talabchan kitobxon va adabiyotshunos-munaqqidlar e'tiborini qozondi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/%E2%80%8Bmurod_muhammad_do%E2%80%98st