A’zam Miraziz

A’zam Miraziz
Shoir
Tavallud sanasi:
1936 yil

Ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog‘da tarjimon Miraziz A’zam ijodi talabalik yillarida boshlangan. O‘ttizdan ortiq turk adiblarining hikoya, she’r, roman, doston va risolalarini tarjima qilgan. U Turkiya adabiy jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan. 1993 yil dekabrida Turkiya yozuvchilari Birligi uni O‘zbekistondagi o‘zining tamsilchisi etib tayinlagan.

U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G‘uncha» bolalar jurnalida, so‘ngra nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, boshqaruv kotibi vazifasini bajargan.

Uning birinchi she’ri 1960 yilda, «Metallurg» deb nomlangan birinchi she’riy to‘plami esa 1964 yilda chop etilgan.

Shundan so‘ng shoirning bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq» (1990) kabi qator she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda shoir bolalar qalbi tuyg‘ulari tasviri orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga intiladi.

Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» (1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etgan.

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator maqolalari mavjud. Miraziz A’zamning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari ko‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchilar ixlosini orttirdi.

Shuningdek, u Nozim Hikmat, Najib Hoji, Mahmat Osif, Badiuzzamon Ali Oqbosh, Urfon Kamol kabi o‘ttizdan ortiq turk adiblarining hikoya, she’r, roman, doston va risolalarini tarjima qilgan. U Turkiya adabiy jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan. 1993 yil dekabrida Turkiya yozuvchilari Birligi uni O‘zbekistondagi o‘zining tamsilchisi etib tayinladi. 

 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/miraziz_a%E2%80%99zam