Abdu ar-Razzoq Samarqandiy

Abdu ar-Razzoq Samarqandiy
O`rta asr arbobi, Tarixchi
Tavallud sanasi:
1413 yil
Vafot sanasi:
1482 yil

Temuriylar davrining mashhur tarixchisi

Uning to‘liq ismi Kamolliddin Abdu ar-Razzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiydir. U Shohruh saroyida solnomachi bo‘lib xizmat qilgan. Tarixchining asl kelib chiqishi Samarqanddan, shundan u o‘zining taxallusiga ega bo‘lgan. Abdu ar-Razzoq Hirotda yashab, mas'ul saroy hukmdorlaridan sanalib, unga diplomatik munozaralar olib borish vazifasi topshirilgan. Xususan, 1442–1444 yillarda Temuriylar davlati elchisi sifatida Janubiy Hindistonga yo‘l oladi. U bu sayohatdan o‘ziga ajoyib kundalikni kashf etadi va yozuv qaydnomasi hayotining o‘chmas xotirasiga aylanadi.

“Matla' as-sa'dayn mujma al-bahrayn” (“Ikki tole' yulduzining chiqish o‘rni va ikki dengizning qo‘shilishi”) — temuriylar davlatining asosiy manbasi.

Abdu ar-Razzoqning «Matla' as-sa'dayn» asari 1467-1470 yillarda fors tilida yozilgan bo‘lib, u ikki qismdan: birinchi qismi — XIV asrda O‘rta Sharq mamlakatlari tarixi, ikkinchisi — XV asrlarda Temuriylar hukmdorligi tarixi.

«Matla as-sa'dayn» qo‘lyozmasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, ayni paytda turli davlatlarning kitob omborida saqlanadi. Ushbu asar bir necha marta boshqa tilllarga ham tarjima qilingan. O‘zbekiston mustaqilikka erishgach, «Matla' as-sa'dayn» o‘zbek tilida chop etildi. Abdu ar-Razzoqning ushbu kundalik qo‘lyozmasi Janubiy Hindistonda turib Temuriylar davlati o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani ajoyib xotira sifatida qoladi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abdu_ar_razzoq_samarqandiy