Abdulaziz Komilov

Siyosatchi
Abdulaziz Komilov
Tavallud sanasi:
16.11.1947

Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Oʻzbekistonlik siyosatchi, 2012-yildan beri. 1972-yil SSRI Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.

Komilov 1973-1976-yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.

1988-1991 yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzbekiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.

1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil bergan. 2003-yil Komilov oʻrniga Sofiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.

2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Komilov „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

 

Manbaa: https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulaziz_Komilov
Sayt foyda berdi!
42861 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi