Abdulla Nig‘matovich Oripov

Davlat arbobi
Abdulla Nig‘matovich Oripov
Tavallud sanasi:
24.05.1961

Abdulla Nig‘matovich Oripov O‘zbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari davlat qo'mitasi rahbari.

Abdulla Nig‘matovich Oripov – 1961 yil 24 mayida O‘zbekistonning Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Millati – o‘zbek, ma’lumoti – oliy. U 1983 yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis sifatida faoliyat yuritgan. 1992-1993 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis, 1993-1995 yillarda «O‘zimpeksaloka» tashqi savdo firmasining direktor o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

1995 yilda O‘zbekiston Aloqa vazirligining qurilish va ta’minot bo‘limi rahbari bo‘lgan. 1995-1996 yillarda «TashAfinalAL» QKning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shu yillar mobaynida, O‘zbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni oshirish bo‘limini ham boshqargan.

1997 yilda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘limi rahbari bo‘lgan. 1997-2000 yillarda, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish Davlat fondini ham boshqargan.

2000-2001 yillarda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori o‘rinbosari, 2001 yil 15 avgustdan agentlik bosh direktori lavozimida ishlagan. 2002 yil 30 mayida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. U aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori hisoblangan.

2005 yil 4 fevralida o‘z lavozimlariga qayta tasdiqlangan. 2009 yil oktyabridan boshlab ijtimoiy soha, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalariga doir masalalar bilan ham shug‘ullangan hamda MDH mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarga javob bergan.

2012 yil avgustidan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan olingan, ammo ayni vaqtda Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasida rahbarlik qilishda davom etgan.

2016 yil sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida tayinlangan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan shug‘ullanish ishonib topshirilgan.

2016 yil 12 dekabrida O‘zbekistonning hukmron O‘zLiDeP partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan.

Abdulla Oripov oilali, besh nafar qizi bor. U, shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi hamdir. Oripov «Do‘stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan.

 

Manbaa: http://kun.uz/news/2016/12/13/uzbekiston-bos-vazirligiga-nomzod-abdulla-aripov-tarzimai-oli
Sayt foyda berdi!
42862 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi