Abdulla Oripov

Shoir
Abdulla Oripov
Tavallud sanasi:
21.03.1941
Vafot sanasi:
5.11.2016

O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta'lim, Sanoat va San'at xalqaro akademiyasining a'zosi bo'gan. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga birinchilardan bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» degan yuksak unvon berildi. 2007 yili Oripov Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan umumjahon madaniyatiga o‘zining ijodiy hissasini qo‘shganligi uchun oltin medal bilan taqdirlangan. Italiya yulduzlari nomli umumjahon faxriy yorliq bilan u 2015 yilda taqdirlangan. Unga ushbu faxriy yorliqni Italiya prezidenti Serjo Matarelli taklifiga ko‘ra topshirilgan.

Abdulla Oripov - noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she'riyati katta o‘rin tutadi.

O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yili Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. O‘rta maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyat bilan bitirdi.

1968 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib vazifalarida xizmat qilib keldi. Mualliflar huquqini himoya qilish agentligining raisi bo'ldi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi bo'lib faoliyat yurutdi.

Abdulla Oripovning ijodi talabalik yillarida boshlangan bo‘lib, uning birinchi she'rlar to‘plami «Mitti yulduz» 1965 yili chop etilgan. Keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O‘zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she'riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she'rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda shoirning she'rdan-she'rga, to‘plamdan-to‘plamga, yildan-yilga o‘sib, ijodi barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, 70-yillardan keyingi asarlarida hayot va inson, jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarining tobora chuqurlashib borganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg‘ular ularda o‘zining yuksak talqinini topib boradi. Bu, bora-bora teran fikr bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanib, shoirning ijodiy kamolotga erishganidan darak beradi.

Bunga Abdulla Oripovning «Saylanma» (1996) to‘plamini o‘qib amin bo‘lishimiz mumkin. Ayniqsa, istiqlol g‘oyasi, el-yurt mustaqilligi, ona Vatanni ozod va obod ko‘rish istagi satrdan-satrga parvarish topib, ajib bir porloqlik hosil qiladi. Shoirning «Men nechun sevaman O‘zbekistonni», «O‘zbekistonda kuz», «Kuz» kabi 60-yillarda yozilgan she'rlaridayoq istiqlol nurlari jilva qilgandek bo‘ladi. Xullas, Vatan va xalqqa mehr-muhabbat, tabiatni sevish, ardoqlash, imonli, vijdonli insonlarga madhiyalar o‘qish, goh yig‘lab, goh quvonib kuylash shoir tuyg‘ulari ummonini tashkil etadi.

Abdulla Oripov ijodining so'nggi bosqichi yana ham tuyg‘ularga boy, fayzli va serbarakadir. Jumladan, «Haj daftari» (1992) turkumiga kirgan she'rlarida endi shoir ma'naviyatimiz manbalarini kashf etish yo‘lidan boradi. Qur'oni Karim, Hadisi shariflardan zamonaviy ma'nolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg sifatida ham ma'lum va mashhurdir. Xususan, «Jannatga yo‘l» dostoni va «Sohibqiron» (1996) she'riy dramasi shoirga katta shuhrat keltirgan asarlardir.

Abdulla Oripov iste'dodli tarjimon sifatida Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girgan. Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliyev asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matnining muallifi hamdir. 2000-2001 yillarda Abdulla Oripov asarlarining to‘rt jildi nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ldi.

Ijodkorning she'riy majmualari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan. Abdulla Oripov - noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she'riyati katta o‘rin tutadi.

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta'lim, Sanoat va San'at xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zosidir. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga birinchilardan bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» degan yuksak unvon berildi.

UMR
  Qalbimda goh g‘urur, gohida farah,
  Shu uchqur dunyoni turfa ko‘ribman.
  Yurtma-yurt, elma-el, farsax-bafarsax
  Umrim dovonlarin o‘lchab yuribman.

  Umr-ku o‘tadi gulduros solib,
  Uning o‘tganini kim ham ko‘ribdi?
  Vo ajab, qay bir zot, o‘z umri qolib,
  Mening qadamimni o‘lchab yuribdi...

O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 2016 yil 5 noyabrь kuni 75 yoshida vafot etdi. U Toshkentning Chig’atoy qabristoniga dafn etildi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/oripov_abdulla
Sayt foyda berdi!
69801 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi