Abdulloh al-Hakim at-Termiziy

Abdulloh al-Hakim at-Termiziy
O`rta asr arbobi
Tavallud sanasi:
824
Vafot sanasi:
892

Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy (824-892) yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim al-Termiziy – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.

Bo‘lajak alloma Termiz shahrida tavallud topib, 8 yoshidan diniy ilmni chuqur egallaydi. U 28 yoshida musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblangan Makkani ziyorat qilib qaytayotganida diniy ilmini mukamallashtirish maqsadida so‘fiylik ilmi murabbiylari bilan tanishib qoladi. Vataniga qaytgan Termiziy so‘fiylik ilmini davom ettiradi. Uning ustozlari orasida taniqli Xuroson shayxlari: Abu Turob an-Naqshabiy, Yahyo al-Jalla, Ahmad ibn Xadravoyho va boshqalar bor edi..

At-Termiziy tarki dunyo yo‘lini tutgani uchun mahalliy aholi uni hurmatini joyiga qo‘yishardi, tez orada u o‘z shogirdlarini yig‘ib oldi. Biroq uning xatti-harakati mahalliy hokimiyat va fikih ulamolariga sira yoqmasdi va ta'qib qilishni boshlashdi. Shunda At-Termiziyo‘z yurtini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U Balxda, keyinchalik Nishopur shahrida qo‘nim topadi.

So‘fiylikning rivojlanishiga asosiy qo‘shgan hissasi — Hatm al-avliyo (illohiyot muhri) edi. U illohiyot ta'limotini ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko‘ra, illohiy kuch dunyoni boshqaradi: At-termiziy bu ta'limotida Allohning elchisi va payg‘ambarlariga bag‘ishlaydi.

Bu kitob ilk marta musulmon dunyosida Alloh yaratgan mo‘'jizasi va zikr so‘zining ma'nosi haqida yozilgan. At-Termiziy ta'kidlashicha, bu illohiylik (valiy) vaqt bilan chegaralangan, u payg‘ambarlar mo‘'jizasi (nubuvvat) muhr bilan belgilangan va u qiyomatda namoyon bo‘lishi kerak.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abdulloh_al_hakim_at_termiziy