Abu Mansur Qumri

Abu Mansur Qumri
O`rta asr arbobi
Tavallud sanasi:
917
Vafot sanasi:
999

Abu Mansur Hasan ibn Nuh Qumri X asrning boshlarida Buxoroda dunyoga kelgan, Buxoro amirlarining xos tabibi bo‘lgan. Butun dunyoga tanilgan Ibn Sino ham Qumridan tibbiyot bo‘yicha saboq oladi va ustoz deb tan oladi. Alloma taxminan 999 yilda vafot etadi va Buxoroga dafn etiladi.

Abu Mansur Qumri tibbiyotga oid 8 ta kitob yozgan, shulardan faqat ikkitasigina bizgacha yetib kelgan: «Kitab al-xina va-l-muna», «Mukammal va qimmatli kitobi», inson tanasining barcha organlarini davolashga bag‘ishlangan. U kitob juda mashhur bo‘lib, 40 dan ziyod qo‘lyozmalari Osiyo, Afrika, Ovrupo qo‘lyozmalari saqlanadigan joyda saqlanayotganidan dalolat beradi.

Qumrining ikkinchi asari - «Kitob at-tanvir fi-l-istiloxat at-tibbiya» «Tibbiyot atamalarining yuzaga kelish kitobi» - izohli lug‘ati sanalib, 350 dan ortiq tibbiyot atamalari, 20 dan ziyod qo‘lyozmalarni o‘z ichiga oladi.

Abu Mansur Qumrining bizga qoldirgan ilmiy merosi ikkita bo‘lishiga qaramay, ilm-fan tarixida juda katta ahamiyatga ega: «Mukammal va arzirli kitobi» tibbiyotga oid eng buyuk asarlaridan biri sanaladi, u Buxoroda yozilgan bo‘lib, Ibn Sino “Tib qonuni” asaridan oldin bitilgan. Unda 30 dan ortiq tibbiyot mualliflari, zamondoshlari, izdoshlari qoldirgan qimmatbaho ma'lumotlar mavjud.

Tibbiyot atamalari lug‘ati ham Ibn Sino davrida tibbiyot terminlarini o‘rganish juda katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa uning turli parhezli taomlar, ichimliklarga alohida moslashuvchanligini izohlab bergan, boshqa izohli lug‘atlarda deyarli uchramaydi, hattoki bu haqda o‘sha davrning “Tib qonunlari” va tibbiy qo‘lyozmalarda tushuncha berilmagan.

Abu Mansur Qumrining lug‘atini XVI asrda Zahriddin Bobur va o‘g‘li Xumoyunni tabibi hisoblangan Ismoil ibn Yusuf fors tiliga tarjima qilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abu_mansur_qumri