Abu Nasr Farobiy

Abu Nasr Farobiy
O`rta asr arbobi
Tavallud sanasi:
870
Vafot sanasi:
951

Abu Nasr Farobiy O‘tror shahrida (Hozirgi Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug‘ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o‘tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o‘rgandi va uni yaxshi bilardi. O‘zi turkiy xalqlarga mansub bo‘lib, turkiy tillarni yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi.

U ko‘proq Bag‘dodda yashagan. Arab tilini juda ham yaxshi bilar, ko‘proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi. Farobiy turli ilmlarni yaxshi o‘zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, siyosat, falakiyot, kimyo, musiqa va boshqa ilmlarga oid o‘nlab kitoblarni yozgan.

Farobiyning musiqa bo‘yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo‘lib, hozirgacha asosiy manbalardan bo‘lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ixtiro qilgan.

Abu Nasr Farobiy mashhur mutarjim Abu Bashir Matta bilan birgalikda Arastu (Aristotel) asarlarini tarjima qildi va uni dohiyona sharhlar ila boyitdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abu_nasr_farobiy