Abusaid Ko'chimov

Yozuvchi
Abusaid Ko'chimov
Tavallud sanasi:
1951 May 15

O'zbek bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri bo'lgan Abusaid Ko'chimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Agar u she'riy to'plamlarida bolalar va o'smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo'lsa, hikoya va qissalardan iborat majmualarida ko'proq qishloq hayoti, qishloq bolalari xarakteriga xos voqealarni tasvirlagan. Abusaid Ko'chimov qardosh xalqlar adiblarining bir qator she'r va hikoyalarini o'zbek tiliga o'girgan.

Biografiya

Abusaid Ko'chimov o'zbek bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri bo'lib, u 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug'ildi.

O'rta maktabni bitirgandan so'ng Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o'zbek tili va adabiyoti fakultetida o'qidi.

«O'ituvchi» nashriyotida musahhih, «Tong yulduzi» (sobiq «Lenin uchquni» gazetasida) muxbir, bo'lim mudiri, mas'ul kotib va bosh muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida mas'ul kotib va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Prezident devonida mas'ul lavozimlarda ishladi.

1997-2005 yillarda O'zbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.

U tabiatni e'zozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNESKO mukofotiga sazovor bo'lgan. «Halqa» kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining G'afur Ғulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlangan.

Abusaid Ko'chimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Agar u «Chanoq», «Ikki bahor» kabi she'riy to'plamlarida bolalar va o'smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo'lsa, «Mening yulduzim», «Halqa» kabi hikoya va qissalardan iborat majmualarida ko'proq qishloq hayoti, qishloq bolalari xarakteriga xos voqealarni tasvirlagan.

«Umid daraxtlari» nomli to'plamida hozirgi murakkab sharoitda bola tarbiyasi va uning jamiyatda tutgan o'rni masalalariga e'tiborni qaratgan.
Abusaid Ko'chimov qardosh xalqlar adiblarining bir qator she'r va hikoyalarini o'zbek tiliga o'girgan. Tatar adibi M.Xarisovning «Qizil sayyoraga sayohat» sarguzasht qissasi uning tarjimasida alohida kitob holida chop etilgan.

Abusaid Ko'chimovning asarlari ko'pgina tillarga tarjima qilingan.

Faoliyati


Abusaid Ko'chimovning birinchi she'r va maqolalari matbuotda e'lon qilinganida u o'rta maktab o'quvchisi edi. Uning «Kashfiyotchi bolalar» (1978), «Mening O'zbekistonim» (1979), «Toshburgut» (1981), «Mening yulduzim» (1984), «Chanoq» (1985), «Halqa» (1987), «Ikkibahor» (1990), «Umid daraxtlari» (1992) kabi bir qator kitoblari chop etilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/kochimov_abusaid_
Sayt foyda berdi!
42758 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi