Ajiniyoz Kosiboy Uli

Ajiniyoz Kosiboy Uli
Shoir, Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1824 yil
Vafot sanasi:
1874 yil

Ajiniyoz Qo`siboy o`g`li (adabiy taxallusi Zio`ar) 1824 yili Orol dengizining janubi sohilida – Mo`ynoq tumanidagi qoraqalpoqlarning ashamayli va qiyot urug`lari yashagan Amudaryo daryosi yonginasida joylashgan “Qamish bo`g`ot” ovulida dunyoga keldi. Ajiniyozning otasi Qo`siboy, uning akasi Baltabek, o`rtanchi akasi Aqjigitlar o`z zamonasining jasur va mard odamlari bo`lishgan. Uning onasi Nazira so`zga chechan va aqlli ayol bo`lgan.

Ajiniyoz yoshligidan bilim va ilmga qiziqishini namoyon qiladi. Dastlab u Xo`jamurod imom madrasasida, so`ngra, onasining vafotidan keyin, o`zining Elmurod tog`asinikida ta`lim oladi. Bo`lajak shoir – madrasadagi o`qishi bilan birga kitoblarni qayta yozish bilan ham shug`ullanadi va shu sababli mashhur bo`lib ketadi.

Ajiniyoz o`qishini Xivada davom ettiradi. Dastlab u Xorazmning ko`hna shahridagi, ungacha turkman mumtoz shoiri Maxtumquli ta`lim olgan Sherg`ozi madrasasiga, so`ngra Qutlimurod inoq madrasasiga boradi. Hozir shu madrasaning kiraverishida: «Bu erda 1840-1845 yillarda shoir Ajiniyoz Qosibay o`g`li o`qidi» degan yozuvni o`qish mumkin.

Qutlimurod inoq madrasasida ma`naviy fanlardan tashqari, Navoiy, Xofiziy, Sa`diy Fuzuliy kabi sharq mumtoz shoirlari ijodi ham o`rganiladi. Ajiniyoz ushbu e`tirof etilgan mualliflar ijodini keyinchalik qoraqalpoq shoirining erkin fikrlovchi she`riyati katta qiziqish bilan qayta o`rganib chiqadi,

Qutlimurod inoq madrasasini tugatgandan so`ng jonajon ovuliga qaytadi, ammo sal o`tmay Qozog`istonga bir yilga jo`nab ketadi. Uyga qaytishi bilan ashamayli urug`idan bo`lgan Xamra ismli qizga uylanadi va keyinchalik esa ularda ham uch o`g`il va bir qiz tug`iladi. Shoirning avlodlari hozir Qo`ng`irot, Qonliko`l, Shumanoy tumanlarida va Nukus shahrida yashashadi.

Xorazm vohasida yashaydigan xalqlar tarixidagi yirik voqealardan biri sanalgan, 1858–1859 yillardagi Qo`ng`irot qo`zg`oloni Ajiniyozning she`riyatiga katta ta`sir ko`rsatadi. U kuchli vatanparvar va bilimli inson, ushbu voqeaga befarq bo`lolmadi va unda faol ishtirok etadi. Keyinchalik uni qo`zg`olon etakchisi ishtirokchi sifatida Xiva hukumati Turkmanistonga badarg`a qiladi. Shoir surgun paytida Maxtumqulining ko`p she`rlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qiladi.

Oradan uch yil o`tib Ajiniyoz ta`qibga uchraydigan vataniga qaytadi. So`ng u Yana Qozog`istonga jo`nab ketadi. Ajiniyozning 1864 yili Qozog`istonga qilgan uchinchi safari shoir hayotida ahamiyatli voqea yuz beradi: Ajiniyoz qozoq shoirasi Qiz Menesh bilan birga she`riy mahorat bo`yicha musobaqa aytishuvda ishtirok etadi. Aytishuv – o`sha paytlarda boshqa an`anaviy xalqlar janriga solishtirganda og`zaki she`riy ijodiyotda alohida mashhurlikka ega bo`lgan. 1878 yili hattoki u haqda “Toshkent viloyati” nomli Toshkent gazetasida maqola e`lon qilishadi.

Ajiniyozning aytishuv paytida yozgan qatorlaridan shoirning yoshi ma`lum bo`lib qoladi – o`sha paytda u qirq yoshda edi.

Ajiniyozning Qozog`istondagi safari uning shoirlik ijodining gullab-yashnashiga zamin yaratdi. U o`sha paytda o`zining mashhur “Xalqim bar”, “Bormikin?”, “Bor”, “O`xshash”, “Agar ayrilsa”, “Xayrlashuv” kabi mashhur she`rlarining katta miqdorini yaratadi.

Ajiniyoz jonajaon o`lkasiga qaytib, “Bo`zatov”, ”Qamish bugat”, ”Etim - o`zak ” ovullarida kambag`al oilalar bolalarini savodxonligini ochish uchun maktablar ochadi. Undan tashqari, umrining oxirigacha (1874 yili) u she`r yozishni davom ettiradi.

Ajiniyozning ijodini o`rganish 30 –yillardan boshlanadi. Birinchi tadqiqotchilar safiga filolog – olimlardan K.Ayimbetov, O.Kojurov va N.Davkaraevlarni kiritish mumkin. N.Davkaraevning “Qoraqalpoq adabiyotining tarixi haqida ocherk” asarining asosiy mazmuni Ajiniyozning ijodiga bag`ishlangan. XX asrning 50-yillari tadqiqotchilar K.Ayimbetov, I.Sagitov, K.Berdimuratov, S.Axmetov, B.Ismailov va boshqalar Ajiniyoz ijodining yangi qirralarini ochishga muvaffaq bo`lishdi.

Ajiniyozning asarlari 1949 yildan to 1975 yillar mobaynida qoraqalpoq va o`zbek tillarida, 1975 yildan boshlab esa rus tilida chop etiladi.

Ajiniyozning ko`pgina noma`lum she`riy qo`lyozmalari XX asrning 60–yillarigacha tadqiqotchilarga shoir ijodining yangi ilmiy asarlar qatorini yaratish imkonini beradi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ajiniyoz_kosiboy_uli