Turdiyev Alisher Bahodirovich 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan. 1994-2001 yillar davomida davomida "Gliyer” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo’yicha taxsil olgan. O’quvchilik yillaridayoq xonanda Ozodbek Nazarbekov ijodiga qiziqishi uning yoniga yetaklab keldi.
2001-2005 yillarda O’zbekiston Davlat konservatoriyasida o’qish bilan bir qatorda ustozi ko’magida mustaqil ijod qila boshladi. Alisherni ilk bora 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov "Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan konsert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o’zining "Meni kechir” nomli taronasini ijro etdi.
2007-yilda "Ko'ngil istab…" nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi. 2008-yil 21-22 may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida "Umidim sendan…" nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. So'ngra, 2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.