Alisher Uzoqov

Aktyor, Qo`shiqchi, Rejissyor
Alisher Uzoqov
Tavallud sanasi:
1984-yil 25-avgust

Alisher Uzoqov — oʻzbek kino aktyori, rejissori, qoʻshiqchisi va professional futbolchisi. U mashhur aktyorlar — Muhammadjon Uzoqov va Shohida Uzoqovalar farzandi. Aktyor O‘zbekiston san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Uzoqov 2009-yil olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Undan keyingi yillarda aktyor bir necha kinokomediyada rol ijro etdi. Uzoqov bir necha qoʻshiq ham ijro etgan.

Alisher Uzoqov 2013-yilning 16-sentabr kuni “Grand” radiosining “Fayzli oqshom” dasturida ishtirok etdi. Unda aktyor endi kinoda boshqa rol ijro etmasligi haqida aytib, muxlislarini hayratda qoldirdi.

Alisher Uzoqov o‘zini rejissor sifatida ham sinab ko‘rgan va u suratga olgan “Endi dadam bo‘ydoq” kartinasi M&TVA-2012 tanlovida “Yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan. Shuningdek, “Telba”, “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Sevgi farishtasi”, “Oling quda, bering quda”, “So‘nggi lahza”, “Zamonaviy sovchilar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq”, “O‘gay ona” va boshqa filmlarda turli rollar ijro etgan.

Alisher Uzoqov ijtimoiy tarmoqlarda faol. Kuni kecha aktyor Captiva rusumli mashinasida yo‘l qoidasini buzganligi sababli YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgani haqida o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar bergan edi. U xodim bilan murosaga kela olmaganligi uchun mashinani jarima maydoniga olib ketishgan. Shuningdek, ijodkorning Twitter mikroblogida ham o‘z sahifasi bor.

 

.

 

Manbaa: https://uz.wikipedia.org/wiki/Alisher_Uzoqov
Sayt foyda berdi!
42757 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi