Amir Temur

Amir Temur
Tavallud sanasi:
9.04.1336
Vafot sanasi:
18.02.1405

Sohibqiron Amir Temur uzoqni ko‘ra bila oladigan siyosatdon sifatida alohida feodal kichik-kichik davlatlardan kuchli siyosat va adolat hukmronlik qilgan buyuk mamlakat yaratdi. Bugungi kunga kelib ham mustaqil davlatlar boshqarilishida Amir Temur davridagi siyosat, boshqaruv uslublari ommabop hisoblanadi.

Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘)da tug'ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘- e'tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan.

Temur otasi amir Tarag‘ay Chig‘atoy beklarining qurultoylarida muntazam qatnashgan. 1355 yil Turmush-og‘a amir Jaku Barlosning qiziga uylanadi. Movarounnahr bosh amiri Qazog‘on Amir Temur qobiliyatidan faxrlanib unga nevarasi Uljay Turkan og‘ani nikohlab beradi. Ushbu nikoh sharofati bilan Amir Temur va Qazog‘on nevarasi amir Husayn ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda juda katta qo‘l keladi. 1356 yilda Amir Temurning 2 o‘g‘li dunyoga keladi — Jahongir va Umar Shayx.

1370 yil Amir Temur Balxdagi qurultoyda Turonga bosh amir etib saylanadi. Chingizzodalardan Saroy Mulk Xonim bilan qurilgan nikohi Amir Temurga "Ko‘ragoniy" - "xonning kuyovi" degan faxriy nomni oladi.

Amir Temur o‘zi yaratgan mamlakatga poytaxt qilib Samarqand, oldingi So‘g‘diyona (hozirgi Afrosiyob) yaqinini tanlaydi. Amudaryo va Sirdaryo orasi, Farg‘ona va Shosh davlatlarini o‘ziga bo‘ysundirgan Amir Temur o‘zining bosqinchilik xarakatlarini boshlab yuboradi.

Amir Temur o‘zining O‘rta Osiyoda 35 yillik hukmronlik davri (1370-1405) davom etadi. Bu davr ichida u juda katta imperiyaga asos soladi. Bunda Inda va Gangadan Sirdaryoning Zarafshonigacha, Tyan-Shandan Bosforgacha bo‘lgan masofani o‘z ichiga oladi. Sohibqironning umri deyarli harbiy safarlarda o‘tadi.

Amir Temur 1405 yil Xitoyga bo‘lgan yurishi safarida Ortrare davlatida vafot etadi.

Temuriylar hukmronligi 1360-1530 yillarni o‘z ichiga oladi. Bunda Amir Temur (1336-1405 yil), Zahiriddin mirzo Bobur (1471-1530 yil), hamda shoh Ismoil (1499-1524 yil) davrini o‘z ichiga oladi. Ammo temuriy davrining eng gullab yashnagan yillari Temurning 4-chi o‘g‘li Shohruxning Hirotdagi 40 yillik hukmronlik vaqti va uning o‘g‘li Ulug‘bekning Samarqandning oltin ravnaq topgan asri hisoblanadi.

Temur davrida turli diniy vakillarining ittifoqi talab etilgan. Buni machit, madrasa va maqbaralar qurilishida ham kuzatsa bo‘ladi. Masalan, Samarqandagi "Juma" masjidi, "Go‘ri amir" maqbarasi, "Shohi Zinda" me'morchilik ansambli, Shahrisabzdagi "Dorus-Saodat" maqbarasi, Buxoroda "Chashmai Ayub" maqbarasi, Turkistonda "Xoji Ahmad Yassaviy" maqbarasi .

Sohibqironning "Bizning kuch-qudratimizga shubhalansangiz, biz qurgan binolarga boqing " so‘zlari isboti yuqorida sanab o‘tilgan binolarni bugungi kunimizga qadar savlat to‘kib turishidan bilsangiz bo‘ladi. Bizning vazifamiz esa munosib ajdodlarimizga munosib avlod bo‘la olishimizda.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/amir_temur