Anvar Ergashev Yuldoshevich

Bastakor
Anvar Ergashev Yuldoshevich
Tavallud sanasi:
19.04.1954

Ergashev Anvar Yuldoshevich  - kompozitor, dirijyor, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi (2002). 

Toshkent konservatoriyasini fortepiano (1977), kompozitsiya (1986) va operasimfonik dirijyorligi (1994) ixtisosliklari bo‘yicha tutatgan. Farg‘ona musiqa bilim yurti (1977-80), Toshkentdagi Glier nomidagi maxsus musiqa maktabi (1980-86) o‘qituvchisi. Madaniyat ishlari vazirligida mas'ul xodim (1986-88), Toshkent madaniyat instituti (1988-94)da pedagog, Navoiy teatrida dirijyor (1993 yildan), badiiy rahbar (2002 yildan), O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining bosh dirijyori (1998 yildan). 

«Humo» baleti, 2 fortepiano konserti, violonchel va orkestr uchun poema, kamer orkestr uchun, fortepiano triosi, skripka va fortepiano uchun sonata, klarnet va fortepiano uchun «Sharqona kaprichchio» kabi simfonik va kamer asarlar, shuningdek, qator spektakllar uchun musiqa yaratgan. Ayniqsa, Ergashevning kino va telefilmlarga yozgan musiqalari («3 qirol jangi», «Sherali va Oybarchin», «Tabib», «Domla», «Quyoshi botmaydigan yurt», «Sharif va Ma'rif», «Aka Sharif Toshkentda», «Tilla bola», «Yulduzimni ber, osmon» va boshqalar), musiqali ertak(«Balli uloqcha», «Yarashyarash», «12 oy», «Qor malikasi»), musiqali komediya(«Anqovlar chayqovi», «Mittivoy», «O‘ldir meni azizim» va boshqalar)lari ommalashgan

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ergashev_anvar_yuldoshevich
Sayt foyda berdi!
41787 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi