Hajviy adabiyot an'analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste'dodli adiblardan biri Anvar Obidjon shoir, nosir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, kitoblar nashr ettirib ulgurdi. Anvar Obidjon Fargona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlogida 1947 yilning 25 yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan.
U odatdagidek, o‘z hamkasblari kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijodga kirib kelmadi. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o‘qidi. Harbiy xizmatdan (1966-1969) qaytgach, 1969-1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman ro'znomasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi. Ayni choqda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini sirtdan thamomladi.
1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti, «Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. Shu kunlarda u «Cho‘lpon» nashriyotining bosh muharriridir. Anvar Obirjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan. Birinchi «Shkafcham» nomli she'ri «G'uncha» jurnalida chop etilgan bo‘lsa ham, uning birinchi kitobi 1974 yilda «Ona yer» nomi bilan «Yosh gvardiya» nashriyotida bosilib chiqadi.
Shundan buyon qariyb 20 yil davomida «Bahromning hikoyalari» (1981), «Olovjon va uning do‘stlari», (1983), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Alhamazon i yego pexota». «Masxaraboz bola» (1980), «Juda qiziq voqea» (1987), "Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she'riy va nasriy kitoblari chop etildi. Ulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g'irlanishi» kabi p'esalari sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur asarlarning deyarli ko‘pchiligida odamlardagi, hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi vositasida fosh etib beriladi. Anvar Obidjon ijodi avji kamolat bosqichida.
U o‘z ustozlari Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ne'mat Hamidov kabi iste'dodlar safini to‘ldiradi, deb ishonsa bo‘ladi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.