Aziz Abdurazzoq

Aziz Abdurazzoq
Adabiyotshunos, Shoir
Tavallud sanasi:
1928 yil
Vafot sanasi:
2007 May 3

Aziz Abdurazzoq ijodi 50-yillardan boshlangan bo'lib, birinchi she'riy to'plami 1959 yili «Do'stlarimga» nomi bilan chop etiladi. Shoirning kattalar uchun yozilgan asarlarida o'zbek xalqining milliy xususiyatlarini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba'zan achchiq kinoya bilan almashib turadi.

Biografiya

Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkentda tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgandan so'ng madaniy-oqartuv bilim yurtida tahsil olgan. Moskvadagi M.Gorkiy nomli Adabiyot institutida o'qigan. U ko'p kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida gazeta va jurnallarda faoliyat ko'rsatadi.

Shoir va tarjimon A.Abdurazzoq 2007 yil 3 yanvar sanasida 79 yoshida vafot etdi.

Shoirning ijodi 50-yillardan boshlangan bo'lib, birinchi she'riy to'plami 1959 yili «Do'stlarimga» nomi bilan chop etiladi. Shundan so'ng uning «Yana bahor» (1961), «Mavj» (1965), «Bodom gulladi» (1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho'x yomg'ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) kabi to'plamlari nashr etildi.

«Qalb nuri» to'plami shoirning ellik yilligi munosabati bilan saylanma tarzida e'lon qilingan.

Faoliyati


Aziz Abdurazzoq «O'roq va xanjar» she'rida: «Yonmoqdamen, yonmoqdamen, bu ayondir, do'stim bo'lsang, xalal berma, sen ham yongin», - deya zamondoshlarini yaratishga, bunyodkorlikka chorlagan. O'zbekiston xalq shoiri Turob To'la aytganidek: «Aziz she'rlaridan non hidi keladi, o'zi kezib o'tgan bog'lar, dala-dashtlar hidi keladi».
Aziz Abdurazzoq bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning bolalar uchun «Oh, qanday shirin» (1977), «Qiz va lola» (1979), «Tap-tap elak» (1981) kabi qator asarlari chop etilgan. Ularda beg'ubor yoshlik manzaralari goh quvnoq, goh kulgili, goh kinoyali tarzda o'z ifodasini topgan.
Kattalar uchun yozilgan asarlarida o'zbek xalqining milliy xususiyatlarini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba'zan achchiq kinoya bilan almashib turadi. Kitobxonga katta zavq-shavq bag'ishlashdan tashqari, uni hushyorlikka, shijoatga chorlaydi. So'nggi yillarda uning «Yostiqdan chiqqan ertaklar» (1988), «Bog'da bitgan ertaklar» (1989), «To'rt og'ayni botirlar» (1989), «Ming chinor» (1995) she'riy to'plamlari bosilib chiqqan.
U tarjimon sifatida M.Lermontov, T.Shevchenko hamda amerikalik mashxur shoir G.Longfello asarlarini o'zbekchalashtirgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abdurazzoq_aziz_