Bahodir Karimov

Adabiyotshunos, O`qituvchilar, Yozuvchi
Bahodir  Karimov
Tavallud sanasi:
1966 Fevral 7

Karimov Bahodir Nurmetovich 1966 yil 7 fevralda Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati Toza yormish qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbek adabiyoti kafedrasida XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixi fanlari bo‘yicha ma'ruzalar o‘qigan. U 1983 yili Toza - yormish qishlog‘idagi 30 - o‘rta maktabni bitirdi. 1984- 1986 yillarda harbiy xizmatda bo‘ldi. 1986-1991 yillarda hozirgi O‘zMU o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qidi. 1991-1994 yillarda shu universitet aspiranti, 1996-1999 yillarda shu universitet doktoranti bo‘lgan.

Tarjimai hol

1995 yili "Vadud Mahmudning 20 - yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni" mavzusida nomzodlik, 2002 yilda "XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi" (qodiriyshunoslik misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

1994-1996 yillar mobaynida o‘zbek filologiyasi fakul'teti hozirgi o‘zbek adabiyoti kafedrasida XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixi fanlari bo‘yicha ma'ruzalar o‘qigan; shuningdek, dekanning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini, so‘ngra o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini vazifalarida ishlagan.

1999 yil noyabridan buyon Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining "Jaxon adabiyoti va nazariyasi" kafedrasi mudiri, 2003 yil yanvaridan 2006 yil yanvarigacha O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani vazifalarida ishladi.

Ayni chog‘da 2001 yildan buyon B.Karimov O‘zMU qoshida Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda tashkil etilgan Oliy Adabiyot kursi rahbari muovini vazifasida ishlab keladi.

"Jadid munaqqidi Vadud Mahmud" (2000 yil), "Qodiriy qadri" (2003 yil), "Bunda bir hikmat bor" (2003 yil), "Yangilanish sog‘inchi" (2004 yil), "Cho‘lpon va tanqid" (2004 yil), "Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil, talqin" (2006yil) nomli kitoblari nashr etilgan. Respublika markaziy nashrlarida 100 dan ortiq ilmiy maqolalari e'lon qilingan. Oilali. Uch nafar farzandi bor.
Faoliyati

Kitoblar:

1.Jadid munaqqidi Vadud Mahmud. - T .:Universitet nashriyoti, 2000. - 6 b.

2.Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni. - T.: KDA, 1995.

3.XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriyshunoslik misolida). - T.: DDA,2002.

4.Qodiriy qadri. - T.:A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2003. - 5 b.

5.Yangilanish sog‘inchi // Adabiyot jamg‘armasi. - 2004. - B. 5.

6.Cho‘lpon va tanqid // Adabiyot jamg‘armasi. - 2005. - 6 b.

7.Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil, talqin. - Fan, 2006. - 15 b.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/karimov_bahodir_nurmetovich
Sayt foyda berdi!
41791 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi