Bakirova Oybarchin Abbosovna

Bakirova Oybarchin Abbosovna
Aktyor
Tavallud sanasi:
27 iyul 1950 yil

Bakirova Oybarchin Abbosovna (1950.27.6, Andijon) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2000). Abbos Bakirov va Qamara Burnashevalarning qizi. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1971—72 yillar Kattaqoʻrgʻon drama teatrida ishlagan. 1973 yildan "Oʻzbekfilm" kinostudiyasining aktrisasi.

Kinodagi eng yaxshi rollari: Surayyo ("Orzular ogʻushida..."), vrach Valiyeva ("Kasalxona"), Sarviniso ("Vodillik kelin"), Xolida ("Marhumga hurmat"), Gulsara ("Ertangi kunga institutilish"), Sharofat ("Amirning xufiyona sayohati"), Zaynab xola ("Alif Laylo"), Boyxotin ("Armon") va boshqalar. Shuningdek, telefilmlar ("Gulobod va Feruz", "Yoʻl boʻlsin", "Nozigim", hamda videofilmlar ("Ayol zoti", "Fazliy")da ham rollar ijro etgan. Bakirova oʻz qahramonlarining milliy harakteri, taqdirini, ularning maʼnaviy goʻzalliklarini, ruhiy ulugʻvorligini, qaygʻu-alamlari, sevgi va vafosini, nozik his-tuʻygʻularini tomoshabinga yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi. „Taqdir“ filmida Shohruhning (Otabek Madrahimov) onasini rolini oʻynagan

 

Manbaa: http://www.wikiwand.com/uz/Oybarchin_Bakirova