Taniqli o‘zbek xonandasi, opera solisti Boborahim Mirzayev 1907 yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan. U 1926 yilda Moskva o‘zbek opera studiyasida o‘qib qaytgach, 1926-1929 yillarda O‘zbek Davlat konsert-etnografik truppasida xonanda, 1929-1939 yillarda O‘zbek Davlat musiqali teatri, 1939-1949 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatrlarida aktyor, 1949-1955 yillarda O‘zbek Davlat filarmoniyasida solist bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
Sermahsul va serqirra san'atkor B.Mirzayev musiqali drama va opera asarlarida o‘nlab hayotiy va to‘laqonli obrazlar yaratib, o‘zbek opera san'ati rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
B.Mirzayev 1929-1944 yillar mobaynida musiqali dramalarda: U.Hojibekovning «Arshin mol olon»ida Asqar, G‘.Zafariyning «Halima»sida Ne'mat, Xurshid va V.Uspenskiyning «Farhod va Shirin»ida Farhod, K.Yashin, M.Muhamedov va V.Glierning «Gulsara»sida Qodir kabi rollarni, operalarda: Ye.Brusilovskiyning «Er Targ‘in»ida Er Targ‘in, Kojax, A.Magomayevning «Nargiz»ida Hasanxon, S.Valisenko, M.Ashrafiyning «Bo‘ron»ida Knyazev, J.Bizening «Karmen»ida Eskamilo va boshqa partiyalarni katta mahorat bilan ijro etgan.
O‘zbek mumtoz va maqom qo‘shiqlari B.Mirzayev repertuaridan mustahkam o‘rin olgan ediki, u kuylagan «Tanovar», «Dugoh», «Chorgoh-2-3-4», «Bayot» va boshqa mumtoz qo‘shiqlar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, hamon san'at muxlislariga estetik zavq bag‘ishlab kelmoqda.
B.Mirzayevning ijodiy faoliyati munosib taqdirlangan bo‘lib, 1942 yilda unga «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni berilgan.
Boborahim Mirzayev 1957 yilda Toshkent shahrida vafot etgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.