Botir Qodirov

Qo`shiqchi
Botir Qodirov
Tavallud sanasi:
1981-yil 6-may

Botir Qodirov 1981-yil 6-may kuni Andijonda san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning onasi O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Zulxumor Qodirovadir. Botir Qodirov bolaligidan qo'shiq kuylashga ishtiyoqi baland bo'lgan. U maktabni tamomlagandan so'ng 2000-yil Andijon san'at kollejiga o'qishga kiradi. Kollejni tugatgandan so'ng esa Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini u 2005-yil "Seni o'ylayman" qo'shig'i bilan boshlaydi. Xit taronalari esa "Adashdim" va "Seni o'ylayman" qo'shiqlari bo'lgan. Hozirgi kungacha xonanda 60 ga yaqin qo'shiqlarini, 10 ga yaqin kliplarini va 4 albomlarini o'z muhlislariga xadya etgan. Hozirgi kunda xonanda oranjirovkachilar Nodir Umarov, Aziz Hasanov, Aziz Xolmurodov, shoirlardan esa M.Xotamova bilan ishlab kelmoqda. 

Manbaa: http://www.tarona.net/news/botir_qodirov_biografiya/2013-09-10-1566
Sayt foyda berdi!
41788 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi