Charxiy Askarali Xamraali

Charxiy Askarali Xamraali
Shoir
Tavallud sanasi:
1990 yil
Vafot sanasi:
1979 Dekabr 18

Charxiy  - mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni - aruzda va klassik she’riyatning turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rivojlantirgan iste’dodli shoirdir. U Muqimiy adabiy merosini to‘plash va avaylab-asrash ishiga munosib hissa qo‘shgan. U yaratgan qo‘shiqlar o‘zining ohangrabosi va nafisligi, hayo va andishaga limmo-limligi bilan tinglovchi qalbini o‘ziga rom etadi.

Tarjimai hol

Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi tarixiy davrda davom ettirgan shoir Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy Qo‘qonda 1900 yilda tavallud topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat mashq qilishni, onasidan esa she’r yozishni o‘rgandi. Bo‘lg‘usi shoir Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Bedil g‘azallarini mehr bilan o‘qidi. Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho‘qandiy kabi qo‘qonlik shoirlardan aruz vazni qoidalarini o‘rgandi, ko‘proq hajviyotga moyillik ko‘rsatdi.

U Oktyabr to‘ntarishidan keyin Charxiy taxallusi bilan she’rlar yozib yurgan bo‘lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e’lon qilmadi.

1975 yilda Charxiyga «O‘zbekiston xalq shoiri» degan faxriy unvon berilgan. Charxiy iste’dodli g‘azalnavis, ajoyib qo‘shiqchi-shoir sifatida ixlosmandlari xotirasida o‘chmas iz qoldirgan.

U 1979 yil 18 dekabrda Qo‘qonda vafot etgan.

Faoliyati

Charxiy 1938-1939 yillardan boshlab Qo‘qonda chop etilgan «Yangi Farg‘ona» gazetasida, «Mushtum» jurnalida faol qatnasha boshladi. Shoir «Shirin va achchiq» (1959), «She’rlar» (1966), «Alixo‘ja va Xo‘jaali» (1970), «Devon» (1972) nomli kitoblarini o‘quvchilarga taqdim etdi. Charxiy ijodida lirik she’rlar bilan bir qatorda, hajviy she’rlar ham alohida o‘rin tutadi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/charxiy_askarali_xamraali