Chingiz Ahmarov

Rassom
Chingiz Ahmarov
Tavallud sanasi:
18.08.1912
Vafot sanasi:
13.04.1995

Chingiz Ahmarov asarlarida ko’pincha zamondoshlarimizning ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan go’zal va yoqimtoy tabiati murakkab va nafis qiyofalarda tasvirlangan. O’zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov 1912 yilda Chelyabinsk viloyatining Troitsk shahrida tug’ilgan.

1927 —1931 yillarda Perm tasviriy san’at texnikumida, 1942 yilda V. Surikov nomidagi Moskva Davlat badiiy institutida hamda 1948 yilda shu institut aspiranturasida ta’lim oldi. U san’atshunoslik nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Mexnat faoliyatini Toshkent shahrida, Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodimlikdan boshlab, so’ng Benьkov nomidagi badiiy bilim yurtida o’qituvchi. O’zbekiston Rassomlar uyushmasi raisining muovini, Toshkent Politexnika institutida kafedra mudiri, Toshkent San’atshunoslik institutida professor lavozimlarida ishladi.

Ijodiy faoliyatini esa 1931 yili Samarqand shahrida boshlab, dastavval asosiy diqqat-e’tiborini portret janri va kitob suratkashligi sohasiga qaratdi. «Alpomish va Oybarchin» (1944), «Shirin» (1949), «Qizlar» (1949), «Mukarrama Turg’unboeva portreti» (1951), «Ganalik qiz» (1958), «Afrikalik» (1958), «Rassom Rashid Temirov portreti» (1960), «A’lochi Zotova portreti» (1960), «Zulmatdagi ziyo» (1964), «Shoira Zulfiya portreti» (1964), «Raqqosa» (1964), Alisher Navoiy lirikasiga bag’ishlangan rasmlar turkumi (1966—1967), «Mushoira», «Behzod huzurida» (1966) kabi rang-barang mavzudagi rasmlar rassom mo’yqalamiga mansubdir.

CH. Ahmarovning asarlarida ko’pincha zamondoshlarimizning ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan go’zal va yoqimtoy tabiati murakkab va nafis qiyofalarda tasvirlangan. Uning suratkashlik asarlari orasida, ayniqsa «Studentlar» va «Ayol portreti» (1944), Indoneziyaga qilingan safarda chizilgan suratlar (1964), Sharqiy Afrika safarida chizilgan suratlar (1965), «Surmaxon» (1966) kabilar muvaffaqiyatli chiqqan.

Kitob suratkashligi sohasida rassomning «Mening yoshligim», SH. Sulaymonovning «Li Chu» (1934), Oybekning Navoiy» romani (1951)ga, «Ravshan eposi» (1958), M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek» (1964) tragediyasiga ishlagan rasmlari diqqatga sazovordir.

1968 yilda Alisher Navoiyning 525 yillik yubileyi nishonlandi. Yubileyga tayyorgarlik ishlari esa 1966 yildan boshlangan edi. Alisher Navoiy yubileyini o’tkazuvchi hukumat komissiyasi va A. Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyini tashkil etuvchi badiiy kengashning a’zosi sifatida Chingiz Ahmarov faol ishlab, mumtoz shoir haqida bir necha yangi nodir asarlar yaratdi.

Shoirning «Xamsa» asaridagi «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» dostonlari asosida monumental devoriy suratlar chizdi.

Umuman monumental devoriy suratlar chizish rassom ijotida alohida o’rin tutadi. Bu sohada unga teng keladigan ijodkorni topish qiyin, albatta. CH. Ahmarov O’zbekistonda sharqona milliy rassomlik san’atini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan ulkan san’atkorlardan

U qadimgi miniatyura an’yanalarini davom ettirib, zamonaviy uslublar bilan boyitgan holda o’ziga xos yangi badiiy maktab yaratdi. Respublikamizdagi ko’zga ko’ringan o’nlab hashamatli binolarii monumental devoriy suratlar bilan bezadi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi O’zbek Davlat akademik Katta teatri, Adabiyot muzeyi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Hamza nomidagi Sanьatshunoslik instituti, Toshkent metrosining Alisher Navoiy bekati va boshqa inshootlar uning betakror san’ati bilan jilo topdi.

Rassom kinosan’ati sohasida ham ijod qilib, «O’zbekfilьm» kinostudiyasida suratga olingan «Ulug’bek yulduzi», «Ikki dil dostoni» va boshqa filьmlarga kiyim-kechak eskizlarini yaratdi, ko’plab yosh iste’dodli rassomlarga ustoz-murabbiylik qildi. Uning sermahsul va serqirra ijodiy faoliyati «O’zbekiston xalq rassomi» faxriy unvoni, Davlat mukofotlari va orden, medallar bilan taqdirlandi.

Unga «Tatariston xalq rassomi» faxriy unvoni ham berilgan.

Ustoz san’atkor, professor — Chingiz Ahmarov 1995 yil 13 martda Toshkent shahrida vafot etdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ahmarov_chingiz
Sayt foyda berdi!
86159 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi