Cho‘lpon

Cho‘lpon
Adabiyotshunos, Shoir, Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1897 yil
Vafot sanasi:
1938 Oktyabr 4

Abdulhamid Chơlpon 1897 yilda Andijonda Qatorterak  mahallsida tug'ildi. Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad  nus o'g'li ham  dehqonchilik ham hunarmandchilik bilan shug'ullangan. Cho'lpon Andijonda  eski  maktabda o'qidi, tuzem maktabida o'qib, rus tilini tơliq o'rganadi, Andijon  va Toshkentdagi madrasalarda tahsil ko'radi, arab va fors, turk tillarini  mukammal egallaydi. U butun umri davomida Firdavsiy, Hofiz, Sa'diy, Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy kabi so'z san'atkorlarining  asarlarini mutolaa qiladi. 

Tarjimai hol

Cho'lpon  Turkistonda keng yoyilgan ma'rifatchilik, jadidchilik harakatining atoqli  namoyondalari Muhammadxo'ja  Behbudiy, Abdulla  Avloniy, Abdurauf Fitrat,  Munavvarqori Abdurashidxonov asarlarini o'qib o'rganadi.

Cho'lpon 1914 yildan chiqa boshlagan "Sadoi  Turkiston", "Sadoi Farg'ona" gazetalarida o'z maqolalari bilan qatnashadi. 1920 yilga qadar "Ishtirokin", "Qizil bayroq", "Turkiston", "Buxoro  axboroti" gazetalarida mas'ul lavozimlarda xizmat qiladi.

Cho'lpon 20 yillarda "Uyg'onish", "Buloqlar", "Tong sirlari", "Soz" to'plamlarini e'lon qiladi, "Go'zal  yozg'ichlar", "Adabiy parchalar" kitoblari nashr etiladi, 1926 yilda "Yorqinoy" dramasi alohida kitob tarzida chop etiladi.

Cho'lpon 1931-1935 yillarda Moskvada SSSR MIQ da tarjimon bo'lib ishlab turganda "Kecha" romanini yozib tugallaydi, Gorkiyning "Ona" romanini o'zbek tiliga o'giradi. 1935 yil boshlarida Toshkentga qaytib kelganda Gorkiyning "Egor Bulichev va boshqalar"  pyesasini, Pushkinning "Boris Godunov" fojiasini va "Dubrovskiy" qissasini, Ejen Pot'ening "Baynalminal", Robindranat Tagorning "Hoy, yo'lovchi qiz", Leonid Andreevning "Yetti osilgan qissasi", Shekspirning  "Hamlet" asarlarini o'zbek tiliga tarjima qiladi. 1936 yilda uning mashhur "Kecha va kunduz" romani alohida kitob shaklida nashr etiladi.

Cho‘lpon 1922-1935 yillarda o‘zining «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) kabi to‘rtta she’riy to‘plamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib «Jo‘r» kabi she’riy to‘plamini tayyorladi. Ammo «Soz»i chop etiladi-yu, «Jo‘r» to‘plami qatag‘onlik tuzog‘iga ilinib, qolib ketadi. Shoirning to‘plamlari orasida «Buloqlar» (1923) alohida ajralib turadi.

To‘plam besh bo‘limdan iborat bo‘lib, ular «Sharq uchun», «Sezgilar», «Sevgi», «Qora yo‘llar» va «Qor qo‘ynida» deb nomlanadi. Shoirning o‘zi qayd etishicha, mazkur she’riy guldasta «jahon fotihlari changalida ezilib yotqon sharq o‘lkalariga» bag‘ishlangan.

Cho‘lpon yetuk lirik shoirgina emas, balki «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola» kabi o‘nlab hikoyalar, «Kecha va kunduz» (1936) kabi ajoyib roman ham yaratgan iste’dodli adibdir.

U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Halil farang», «Cho‘rining isyoni» kabi kichik pyesalari, «O‘rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo‘r» kabi dramalari hamda ko‘p vaqt sahnadan tushmagan «Yorqinoy» pyesalari mashhur bo‘lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V.Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.

Cho‘lpon mohir tarjimon sifatida V.Shekspirning «Hamlet» fojiasini, A.S.Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» pyesasini, M.Gorkiyning «Ona» romanini va boshqa ko‘plab asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/cho%E2%80%98lpon