Dadaxon Nuriy

Adabiyotshunos, Shoir, Yozuvchi
Dadaxon Nuriy
Tavallud sanasi:
1943 yil

Adib Dadaxon Nuriy hikoya yozadimi, qissa yoki roman yozadimi, zamon va zamondoshlar taqdirini yoritishga harakat qiladi. Goho lirik yo‘sinda, goho jiddiy, vazmin epik uslubda fikr yuritadi. Dadaxon Nuriy yaratgan deyarli barcha nasriy asarlarda yoshlar hayoti, orzu-intilishlari, muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari o‘z ifodasini topadi. Aytish kerakki, Dadaxon Nuriy o‘zi yaratgan hikoya, qissa va romanlari bilan qanchalik kitobxonga yaqin va uning e’tiborini qozongan bo‘lmasin, u mohir publitsist sifatida o‘quvchilari doirasini yanada kengaytirdi.

Tarjimai hol

Dadaxon Nuriy O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namangan shahrida tug‘ildi, urushdan keyingi yillarda Toshkentga kelib, Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida o‘qidi. 1960 yildan Toshkent Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qib turib, Hamza nomidagi Akademik drama teatrida rassom bo‘lib ishladi.

Bir necha yillar davomida maxsus maktablarda hind tilidan saboq berdi, so‘ng «Guliston», «Gulhan» jurnallari hamda O‘zbekiston televideniyesida adabiy xodim va muharrir bo‘lib ishladi.

Uning dastlabki «Oqshom qo‘shiqlari» kitobi 1962 yilda bosilib chiqadi. 1964 yilda «Begona» degan qissa va hikoyalar to‘plami chop qilinadi. Yozuvchining «Bog‘larda bahor» nomli qissasi esa 1969 yilda nashr qilinadi. Adib hikoya va qissalar yozishda orttirgan tajribasiga tayanib, o‘zining «Osmon ustuni» (1976) nomli romanini yaratdi. Shundan so‘ng adibning roman, qissa va hikoyalaridan tashkil topgan «Begona» nomli kitobi, «Shahar tegirmoni» qissasi alohida kitob holida chop etiladi.

Uning «Pskom osmonida qora bulutlar», «Shahar g‘ildiragi», «Toshkentga bomba kerakmi?», «Mushohada», «Bizdan keyin nima qoladi?» kabi publitsistik maqolalari mavzuining dolzarbligi, hujjatliligi va fosh yetuvchi quvvati bilan hozirgi o‘zbek publitsistikasining yorqin namunalaridan bo‘lib qoldi.

«Xumsondan chiqqan poshsho» asari esa adibning mohir hajvchi sifatidagi mahoratidan dalolat beradi. Yaqinda uning ma’naviy-axloqiy muammoga bag‘ishlangan «Badnom» degan yangi asari nashr etildi.

Dadaxon Nuriy O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/dadaxon_nuriy
Sayt foyda berdi!
48796 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi