Davurov Davron Normurodovich. Millati o'zbek, 22-yanvar kuni qovg'a burji ostida tavallud topgan. Tahallusi Shanson. 1980-yilda V.A. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabiga zarbli asboblar yo'nalishi bo'yicha o'qishga kiradi. Aynan shu yerda uning ilk musiqiy imkoniyatlari ko'zga tashlandi.
Aslida Davron yoshligidan qo'shiq ijro etishga juda qiziqar edi. Milliy musiqa asbobi doira chalar va taniqli muallif hamda ijrochilarning qo'shiqlarini o'rganar edi. Maktab davrlarida xor ansamblining yakkaxoni bo'lgan. 1988-yilda Respublika tanlovida ishtirok etib, laureat bo'lgan. 1989-yilda damli cholg'ular orkestrining yakkaxoni bo'lgan, Chexiyada "Astrava-89" Xalqaro festivalida ham ishtirok etib, Gran Pri sohibi bo'lgan.
1991-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat Konservatoriyasiga o'qishga kirdi. 1996-yilda a'lo baholar bilan Davlat Konservatoriyasini yakunladi. «Yangi taronalar» estrada xonandalari Respublika tanlovida 2000-yilda laureat bo'ldi. Shanson – bu mashhur musiqiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, bard, romans va erkin yo'nalishdagi mavzuni o'z ichiga oladi. U aynan mazkur musiqiy yo'nalishni o'z ijodiy faoliyati uchun tanladi.
Davron Shanson shu yo'nalishda O'zbekistonda ijod qiluvchi taniqli xonandalardan biri hisoblanadi. 2006-yildan boshlab Davron «Tarona Records» kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlagan. Davron Shanson o'zining ijodiy faoliyati davomida 5ta musiqiy albom chiqargan. Birinchi albom 2005-yilda «Samolyot Baku-Moskva» nomi ostida «Girey Records» studiyasida chiqarilgan. 2006-yilda «Men siz uchun kuylayman» («Я для вас пою») nomli ikkinchi albomi sotuvga chiqqan.
Uchinchi albom «Mersedes» 2007-yilda «Tarona Records» studiyasi tomonidan chiqarilgan. Hayot juda ham go'zal! Darhaqiqat «Hayot juda ham go'zal!» («Жизнь всегда прекрасна!»). Aynan mana shu nom bilan Davronning to'rtinchi albomi chiqarildi. 2010-yilda «Tarona Records» studiyasi tomonidan navbatdagi, beshinchi albom ham «Hayotdagi qo'shiqlar» («С песней по жизни») deb nomlanib chiqarildi. Davronning qo'shiqlari tinglovchilarga quvonch, rohat va yengil tin olish imkoniyatini beradi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.