Davron Ergashev 1978-yil 14-fevralda Toshkent shahrida tavallud topdi. U bolaligidan musiqaga juda qiziqqani uchun ham 27-musiqa maktabiga o'qishga boradi. Maktabni bitirgandan so'ng Xamza nomidagi musiqa kollejini, so'ng O'zbekiston Iqtisodiyot Universitetini bitiradi. Xozirgi kungacha 100 dan ortiq qogshiqlari, 30 dan ortiq videokliplari va 7 ta albomi bor. Bular "Yoqimtoy", "Yuragimda qol", "Yor ko'zlaring", "Mario", "Sevaman seni", "Bo oqshom", "Qalbim unutmas". Xit taronalari esa "Yoqimtoy", "Unut meni", "Mario", "Rayxon", "Qaniydi" qo'shiqlari muhlislar yuragidan joy oldi. Xonanda bir qancha tanlov va mukofotlar g'olibi ham bo'lgan. "Tarona-2004" da "Yilning eng zo'r erkak qo'shiqchisi" va "Tarona-2005"da esa "Mario" qo'shig'i "Yilning eng zo'r qo'shig'i" nominatsiga sazovor bo'lgan. Qo'shiq aytish bilan cheklanib qolmasdan Davron Ergashev "Nur-N" studiyasi tomonidan suratga olingan "Taqdir charxpalagi" filmida bosh rolni ijro etgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.