Dilbar G‘ulomovna Abduraxmonova (lot. Abdurahmonova Dilbar Gʻulomovna; 1 may 1936 yil, Moskva) — sovet, o‘zbek dirijyori, skripkachi, pedagog. SSSR Xalq artisti (1977). O‘zbekistondagi birinchi ayol-dirijyor.
Dilbar Abduraxmonova 1 may 1936 yil Moskvada tug‘ilgan.
1948-1955 yy. R. Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabida (hozir — R. Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi) skripka sinfida o‘qigan (bir vaqtni o‘zida 110-chi matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qigan). Toshkent davlat konservatoriyasini (hozir — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) B. Titelya qo‘lida skripka bo‘yicha 1959 yili, opera-simfonik dirijyorlik bo‘limini (M. Ashrafi sinfi) 1960 yili tamomladi.
O‘qish vaqtida, 1957-1960 yillari - A.Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatr (A.Navoiy nomidagi avlat Akademik katta teatri) orkestrida skripkachi.
1957 yili talaba-dirijer sifatida Moskvada Yoshlar va talabalarning jahon festivalida ishtirok etdi.
1960 yili A.Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatrida dirijer, 1974-1990 yillarda - bosh dirijer va badiiy rahbar, hozirgi kunlarda - dirijer-postanovshik.
1959 yilidan boshlab xorijda O‘zbekiston san’ati va madaniyati dekadalarida ishtirok etgan. SSSR shaharlarida, hamda Misr (1966), Germaniya, Ruminiya, Tayland, Singapurda gastrollarda bo‘lgan.
1982 yili A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-badiiy institutining (hozir - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) Teatr ishi iqtisodiyoti va rejasi sirtqi bo‘limini tamomlagan.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida opera ijrosi bo‘yicha dars beradi (professor).
1965 yilida KPSS a’zosi.
Oilasi
Otasi - G‘ulom Abduraxmonov (1910-1987), opera qo‘shiqchisi, O‘zbekiston SSR Xalq artisti (1950).
Onasi - Zuxra Fayziyeva, opera qo‘shiqchisi.
Turmush o‘rtog‘i - O‘tkir Abdullayevich Shomurodov (1934), muhandis.
Qizlari - Lola va Ra’no.
Mukofotlari
-O‘zbekiston SSR Xalq artisti (1969);
-SSSR Xalq artisti (1977);
-Xamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti (1973);
-“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (O‘zbekiston) (2012);
-“Xalqlar do‘stligi” ordeni (22.08.1986);
-“Shuxrat” medali (O‘zbekiston) (2001).
D.Abduraxmonova repertuarida 60 dan ortiq opera va spektakl mavjud.