Dilnoza Kubayeva

Aktyor
Dilnoza Kubayeva
Tavallud sanasi:
1986 yil 22 NOYABR

Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna (1986-yil 22-noyabrda tavallud topgan) — oʻzbek kino aktrisasi. Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi.

Kubayeva “Kelgindi kelin”, „Telba“, va „Hijron“ filmlarida oʻynagan rollari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. 2008-yildan 2010-yilgacha oilaviy muammolar sabab Kubayeva aktrisalikni toʻxtatdi.

2011-yil yana kinoga qaytdi. 2012-yilda "Shuhrat medali" bilan mukofotlangan. Milliy teatrda 2004-yildan buyon faolifat yuritib kelmoqda. Dilnoza Kubayeva teatr sahnasida namoyish etilgan spektakllarda 30-ga yaqin turli xarakterdagi katta-kichik rollarni yaratdi.

Dilnoza Kubayeva nihoyatda isteʼdodli aktrisa. Unda teatrning ertasi boʻladigan salohiyat bor. Porloq feʼlu atvorli, jiddiy odam. Jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifaga chin koʻngildan yondoshadi. 2011-yil "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

 

 

Manbaa: http://www.tarona.net/news/dilnoza_kubayeva_hayoti_va_ijodi/2012-11-20-1703
Sayt foyda berdi!
42861 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi