Iste’dodli bastakor, dirijyor mahoratli va jo’shqin ijro mahorati va yuqori talabchanlik xususiyatlariga ega bo’lgan, nafaqat O’zbekiston, qolaversa boshqa mamlakatlarning eng atoqli yakka ijrochilarini orkestr bilan birgalikda chiqishlarga yetakchilik qilgan jamoatchi raxbar, «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi».
Iste’dodli bastakor Eldor Azimov 1945 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan.
Toshkent Davlat konservatoriyasining skripka (prof. M. Reyson rahbarligida) va dirijyorlik (prof. M. Ashrafiy rahbarligida) bo’limida ta’lim oldi.
Talabalik yillaridanoq estrada-simfonik orkestri asosida O’rta Osiyo va Qozog’istondagi birinchi kamer orkestrini tashkil etdi.
1974 yilda ushbu orkestr O’zbek Davlat Teleradio jamoasining rasmiy maqomiga ega bo’ldi.
E. Azimov boshchiligidagi orkestr 20 yillik ijodiy faoliyati davomida radioning «oltin fondi»ga O’zbekiston bastakorlarining 200 ga yaqin asarlarini yozib oldi va turli davr va uslublarga mansub asarlarni o’z ichiga olgan o’ttizdan ortiq katta disklarni yaratdi. Moskva, Kemerovo, Dushanbe, Toshkent, Kaluga, Klin shaharlarida bastakorlar uyushmasining umumiy kontsertlarida faol ishtirok etdi.
" 1978-1983 yillarda Davlat Teleradio musiqiy jamoalariga badiiy rahbar sifatida Samarqand shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro musiqashunoslik simpoziumlarida maqomchilar ansambli, uyg’ur maqomchilar ansambli, kamer orkestri va xor, Tbilisi, Yaroslavl shaharlarida o’tkazilgan festivallarda o’zbek jaz guruhlarining chiqishlarini tashkil etdi.
1989 yilda E.Azimov jo’shqin ijodiy va tashkiliy faoliyati uchun «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoniga sazovor bo’ldi.
1994 yilda hamfikr musiqachilar jamoasini tuzib, O’zbekiston san’atiga, uning kontsert yo’nalishidagi hayotiga sezilarli darajada hissa qo’shgan «Turkiston» nomli kamer orkestrini tashkil etdi.
Dirijyorning mahorati va jo’shqinligi, ijro mahorati va yuqori talabchanlik xususiyatlari nafaqat O’zbekiston, qolaversa boshqa mamlakatlarning eng atoqli yakka ijrochilarini orkestr bilan birgalikda chiqishlarga jalb etdi.
Mumtoz bastakorlar asarlarini va zamonaviy bastakorlarning ayrim musiqa asarlarini o’z ichiga olgan orkestrning katta repertuari «Bax», «Vivaldi», «Motsart», «Sen-Sans» kabi monografik kontsertlar o’tkazish bilan bir qatorda, Toshkent va Moskvadagi fortepiano duetlari ishtirokida «Motsart va uning zamondoshlari» kamer musiqa festivalini tashkil etish va o’tkazish, hamda 1998, 1999, 2000 yillarda «Ilhom-XX» zamonaviy musiqa va teatr xalqaro festivali kontsertlarida ishtirok etishda imkon yaratdi. 1990 yilda P. I. Chaykovskiyning tavallud topgan kuniga bag’ishlangan YuNЕSKOning yubiley tantanalariga simfonik musiqa kontsertining dirijyori sifatida Dehli shahriga taklif qilindi.
2000 yilda E. Azimov rahbarligi ostida «Turkiston» orkestri Janubiy Koreyada gastrol safarida bo’ldi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.