Eldor Qayumov 1982-yil 26-dekabr kuni Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida tavallud topdi. Uning bolaligidan qo'shiqqa ishtiyoqi baland bo'lgan. Birinchi sinfdan boshlab maktabning barcha tadbirlarida ishtiroki etib kelgan. Xattoki maktab drama va qo'shiq to'garaklarida faol ishtirok etgan. Aynan shu to'garaklarda xonanda anchagina malaka oshirdi.
Maktabni tamomlagandan so'ng Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya institutining "Geodeziya va kartografiya" fakultetini tamomlaydi. Institutda o'qib yurgan kezlari Eldorda she'r yozishga bo'lgan ishtiyoqi uyg'onib qoladi. Hamda koplab xonandalar uchun qo'shiq ham yozishni boshlab yuboradi va o'zi ham ijod qilishga kirishadi. Uning xit taronasi "Atrofimda" qo'shig'i bo'lgan. Aynan shu qo'shiq yosh ijodkorning ilk ijodi edi.
Xozirgi kungacha Eldor 10dan ortiq qo'shiq va kuylarni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Uchta klip va "Atrofimda" deb nomlangan albomini o'z muhlislariga havola etdi. Xonanda ko'plab yulduz san'atkorlar bilan hamkorlik qiladi. Sardor Raximxonning "Ey Foriya", "Bayon" guruhining "Sen ketma", Dilso'zning "Jonim ozori" qo'shiqlar so'zini va musiqasini aynan Eldorning o'zi yaratgan. Bundan tashqari "Ato", "Xo'ja" guruhlariga, xonandalar Dineyra, Alisher Uzoqov, Oybek va Nigora hamda yana ko'plab xonandalar uchun qo'shiq va kuylar bastalashdan charchamaydi. Ijoddan bo'sh vaqtlarida esa xonanda kinofilmlarning ashaddiy muhlisi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.