Ergash Karimov 1934-yil 26-oktabrda Toshkentda tugʻilgan. 1958-yil Toshkentdagi sanʼat institutini tugatgan.
Sovet davrida katta shuhrat qozongan boʻlsa ham, SSSR parchalanganidan keyin Ergash Karimov ishsiz qoldi. Doʻsti Ali Hamroyevning aytishicha, Karimov umrining soʻnggi yillarini oz maosh olib Toshkentda kechirgan. Ergash Karimov 2009-yil 4-avgustda 74 yoshda vafot etdi.
Ergash Karimov Islom Karimov bilan qarindosh emas.
Karimov 1958-1959-yillar Surxondaryo teatrida ishlagan. 1959-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining „Yoshlik“ telestudiyasida teleminiatyura teatrida rejissyor assistenti, 1965-yildan rejissyori, 1997-yildan badiiy rahbari boʻlgan.
Karimov sanʼati oʻtkir satira va koʻtarinki ruh bilan sugʻorilgan boʻlib, plastik, mimik harakatlar ustasi sifatida tanilgan. U baʼzan bir spektaklda bir nechta rollarda chiqqan. Topqirlik, mubolagʻa bilan boʻrttirib koʻrsatish, ijrodagi tabiiylik, hazil ohangidagi soddalik Karimov ijodining asosini tashkil etadi.
Karimovning eng mashhur rollariga quyidagilar kiradi: Sovchi (Said Ahmad, „Oliq-soliq“), Gʻizgʻizon (Alp Jamol, „Gʻizgʻizon“), Sinovchi-ichuvchi (Said Ahmad, „Sinovchi-ichuvchi“), direktor (Said Axmad, „Lampashisha“), Muqimjon (Said Ahmad, „Birinchi muhabbat“), Ishqiboz (Alp Jamol, „Paxtakor yutganda va yutqizganda“), talaba (E. Musayev, „H2O“), Qiyomov (Alp Jamol, „Toʻzgʻigan pat“), Sottivoy (Alp Jamol, „Yozaman“), mudir (Alp Jamol, „Noshud mudir“), Koyilxoʻjayev (Alp Jamol, „Xurrak“), telemuxbir (Said Ahmad, „Qizlar brigadasi“), Chol (Said Ahmad, „Qirchillama chol“), er (E. Usmanov, „Tushingni suvga ayt“), Sudya (E. Raimov, „Quyoshxon“), Ota (E. Usmanov, „Gudbay“) va boshqalar.
Karimov oʻynagan eng mashhur film 1972-yil olingan „Uchrashuv“ deb nomlangan teleminiaturalar toʻplamidir. Bu filmda Karimov suvning formulasini tushuntirib bera olmagan sodda talaba rolini oʻynagan. Talaba suvda atom yoʻqligini, atom bomba yasash uchun qoʻllanilishini aytadi. Ergash Karimov yana „Shum Bola“ filmida qoʻli egri domla rolini oʻynagan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.