Komilov Erkin (Andijon viloyati, Kurfa qishlogʻi) — Oʻzbekiston halq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1968). 1966 yildan Hamza teatrida aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek ("Oltin devor"), Qobiljon ("Samandar"), Ibn Sino ("Beruniy"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Jevakin ("Uylanish"), Glumov ("Har toʻkisda bir ayb"), Myasnikov ("Qatagʻon"), al-Zokir ("Piri Koinot"), Boyazit ("Sohibqiron Timur"), Ikrom ("Ufq"), Albeni ("Qirol Lir"), Abulfayzxon ("Abulfayzxon"), Ortiq ("Noyob nusxa"), Mannon Uygʻur ("Tomosha davom etadi"), Garrison ("Yetti faryod") va boshqa Yaratgan obrazlariga oʻziga xos rang berib, harakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol oʻynashda yaxshilik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning joʻsh urishi Komilov ijodiga xos.
Komilov Erkin kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul ("Yuzsiz"), Yoʻldosh ("Sevgi"), Muslim ("Oʻtgan kunlar"), Valixoʻja eshon ("Amirning hufiyona yurishi"), Hurram ("Tilla bola"), Boyazid Yildirim ("Amir Timur"), Qurbonov ("Uchishga ruxsat eting"), Dovjenko kinostudiyasida "Yulduz shuʼlasi" filmida Ergash Sobirov va boshqa Video va telefilmlarda Aziz Qosimov ("Girdob"), Sultonmurod ("Alisher Navoiy"), Haydar ("Diyonat"), Abdurahim Saidov ("Yoz yomgʻiri"), Charlz Forister ("Qora karvon"), Bachana ("Abadiyat qonuni"), Abdujabbor ("Qora koʻzlar"), Mayor Salihov ("Soʻnggi oʻq"), Haydar (Kesak polvon) ("Shaytanat"), Shokir ota ("Yettinchi falakdan kelgan ovoz") kabi rollar ijro etgan. "Otalar soʻzi—aqlning koʻzi" koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.