Shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar televideniyeda adabiy-dramatik ko‘rsatuvlar bo‘limida ishladi, keyinchalik gazetada muharrirlik qildi. U bir qancha she’riy to‘plamlar, asarlar va ocherklar, romanlar va qo‘shiqlar yaratdi.
Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida dunyoga kelgan. U tengdoshlari kabi o‘rta maktabni tugatgach, Xorazm Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirib, uni 1957 yilda tugatadi.
So‘ngra O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qishni davom ettiradi. «Xorazm haqiqati» gazetasida hamda viloyatdagi turli muassasalarda mas’ul vazifalarni bajaradi.
70-yillar oxirida Toshkentga ishga taklif etilib, O‘zbekiston televideniyesida adabiy-dramatik ko‘rsatuvlar bo‘limining boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi. So‘ng yana Xorazmga qaytib, viloyat gazetasiga muharrirlik qiladi. Oradan ko‘p o‘tmay, yana Toshkentga kelib, Respublika Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Erkin Samandar 50-yillarning o‘rtalarida adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga kirib kelgan.
Uning birinchi she’riy to‘plami «Amu jilolari» nomi bilan 1966 yilda chop etilgan. So‘ngra «Osmon to‘la nur», «Dunyoning yoshligi» (1970), «Sevgi fasllari» (1973), «Vafo degan gavhar» (1975), «Mening yigit vaqtim» (1979), «Qabul soatlari» (1980), «Sohildagi bolalar» (1982), «Saylanma», «Yurakka yo‘l» kabi o‘ndan ortiq she’riy majmualarini e’lon qilgan.
Mazkur to‘plamlarga kirgan deyarli barcha asarlarda yaxshi odamlar, go‘zal tabiat, insoniy muhabbat, sevgi va vafo, mehnat va hayot tashvishlari, armonlaru gumonlar, qisqasi, chuqur ma’naviyat ildizlarini ochishga intilish seziladi.
Uning asarlari: «Frantsiya daftari», «To‘qson daqiqa» (sakkizliklar), «Shom qo‘shiqlari», «Bahor fasli, yor vasli», dramaturg sifatida «Javohir», «Ajdodlar qilichi», «Olma pishganda galing» kabi sahna asarlarini yaratgan.
Erkin Samandar ko‘plab publitsistik asarlar va ocherklarning ham muallifidir. «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq» (1989) romani uning yetuk romannavis sifatida ham shakllanayotganidan darak beradi.
Unda tabiat, Orol ekologiyasigina emas, eng muhimi, ma’naviyat ekologiyasi sohasida sodir bo‘layotgan qashshoqlik, fojia va ularning ildizlari, oqibatlarini yechish, muhabbat bilan qabohat o‘rtasidagi kurash o‘z ifodasini topgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.