Erkin Usmonov

Yozuvchi, Dramaturg
Erkin Usmonov
Tavallud sanasi:
1952 yil
Vafot sanasi:
2016

Jurnalist va nosir Erkin Usmonovda adabiyotga, ijodga havas erta uyg‘ongan bo‘lib, ilk adabiy saboqni «Yosh adabiyotchilar» to‘garagida olgan. Adib tarjimon sifatida bir qator adiblarning asarlarini rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga ag‘dargan. Adibning keyinchalik yaratgan hikoya va qissalari ham talabchan adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan. Shuningdek, u bir qator tele va radiopyesalar muallifi hamdir.

Tarjimai hol

Jurnalist va nosir Erkin Usmonov 1952 yili Toshkentda tavallud topgan.

U voyaga yetgan oila san’atkorlar oilasi sifatida el-yurtga tanilgan. Bobosi mashhur xalq ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Usta Usmon, otasi esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirsoat Usmonovdir.

O‘zi o‘rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat chet tillar institutini tugatgan. Qurilishda, yoshlar teatrida, «O‘zbektelefilm» studiyasida ishlagan.

«Mosfilm» qoshidagi maxsus kavaleriya - kino polkida harbiy xizmatni o‘tagan. Qariyb yigirma yil mobaynida O‘zbekiston radiosining adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida turli vazifalarda ishlagan.

Erkin Usmonovda adabiyotga, ijodga havas erta uyg‘ongan bo‘lib, ilk adabiy saboqni «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi»), gazetasi qoshidagi «Yosh adabiyotchilar» to‘garagida olgan. «K.K.» nomli ilk fantastik hikoyasi ham ushbu gazetada 1967 yilda bosilgan. Mazkur hikoya o‘sha yilgi yosh ijodkorlarning «To‘yona» tanlovida ikkinchi sovrinni olgan.

Faoliyati

Erkin Usmonov asarlari zamonaviy mavzularda bo‘lib, ularda insonlar o‘rtasidagi samimiyat va olijanoblik, halollik va ezgulik, go‘zallik va ma’naviy poklik kabi yuksak fazilatlar ardoqlanadi. Xususan, bu narsa adibning «Dilingda darding bo‘lsa» qissasida, ayniqsa, bo‘rtib turadi.

Adib tarjimon sifatida Karel Chapek, Grin, Paustovskiy, Anor kabi adiblarning asarlarini rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga ag‘dargan.

Adibning keyinchalik yaratgan «Gunafsha», «O‘g‘ildan sovg‘a keldi», «Olam nurga to‘ladi» singari hikoya va qissalari ham talabchan adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan. Shuningdek, u «Yuk ko‘targan odam», «Xonadagi to‘rt kishi», «Onaginam», «Yaxshilik» kabi bir qator tele va radiopesalar muallifi hamdir.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/usmonov_erkin
Sayt foyda berdi!
84007 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi