Farhod Musajonov

Rejissyor, Yozuvchi
Farhod Musajonov
Tavallud sanasi:
19.12.1933
Vafot sanasi:
28.05.2013

Farhod Musajonov yozuvchi, davlat arbobi, kinostudiyada bosh muharrir, keyinchalik «O‘zbekkino» DAKda boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Hikoyalar, qissalar, asarlar yaratgan, filmlarga o‘zi stsenariy yozib, o‘zi rejissyorlik qilgan. 2000 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

1933 yilning 19 dekabrida Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. Respublika radiosi, televideniesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan. «O‘zbekfilm» (1967) studiyasida xizmat qilgan. 1968—1970 yillarda Moskvada ssenaristlar Oliy kursida o‘qigan. 1976 yillari «O‘zbekfilm»da turli lavozimlarda, «O‘zbekkino» aksionerlik kompaniyasida xizmat qilgan.

F. Musajonov adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘z ijodini bolalarga she’r va hikoyalar yozishdan boshlaydi. Birinchi «Daradagi qishloqda» hikoyasi 1956 yilda chop bo‘lgan. Uning «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari dunyo yuzini ko‘rgan.

«O‘zbekkino» aksionerlik kompaniyasida xizmat qilgan. Hozirgacha uning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan.

Ayni chog‘da u «Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi», «Zo‘raki kashanda» kabi kattalar uchun ham asarlar yaratgan.

Bundan tashqari, u dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab», Hamza teatrida qo‘yilgan «Olifta», «Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatri sahnalashtirgan) kabi dramalar yaratgan. Shuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Minoralar ostidagi tsirk», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «Askiya», «Qiziqchi», «So‘nmas ziyo» kabi ssenariylar muallifi hamdir. Bulardan tashqari u ko‘plab hajviy hikoyalar, intermediyalar, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan. Jumladan, «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi kitoblarini eslash mumkin. Uning «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik», «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari o‘z o‘quvchisiga ega.

Yozuvchi o‘zi haqida deydi:

«Men Toshkentda, O‘qchi mahallasida tug‘ilganman, 1933 yil 19 dekabrda.

Bizning hovlimiz yangi tushgan konservatoriya binosining o‘ng qanotida joylashgan edi. Otam Alimuhamedov Musajon davlat arbobi bo‘lgan. 1937 yili «xalq dushmani» sifatida ayblanib qatag‘on qilingan. Onam Bashorat ma’lum muddat «Qizil O‘zbekiston» gazetasida muxbir bo‘lgan. Biroq otam qamoqqa olingandan so‘ng yot unsur sifatida mafkura sohasida ishlashdan chetlatilgan, pirovardida egar-jabduq fabrikasiga oddiy ishchi bo‘lib kirgan.

«Xalq dushmani»ning farzandi bo‘lganim tufayli meni na komsomollar, na kommunistlar o‘z saflariga qabul qilishmagan. Yana bir sababi, ularning safini «bulg‘atgani» o‘zimda ham ishtiyoq yo‘q edi. Shu tufayli marhum otam 1956 yili oqlanganlaridan keyin ham baribir partiyasiga kirmadim.

Maktabni tugallab ilgarigi O‘rta Osiyo, hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining Sharq fakulteti eron-afg‘on bo‘limiga o‘qishga kirdim. Uni bitirgach, «Sharq yulduzi», «G‘uncha» jurnallari, «O‘zbekiston madaniyati» gazeta tahririyatida, so‘ng O‘zbekiston radiosining adabiyot bo‘limida ishladim. 1967 yili «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga taklif etildim. Bir yildan so‘ng meni Moskvaga, ikki yillik stsenaristlar Oliy kursiga o‘qishga jo‘natishdi.

Qaytib kelgach, 1970 yildan to 1999 yilgacha ish joyim kino sohasida bo‘ldi, dastlab kinostudiyada muharrir, so‘ng bosh muharrir, keyinchalik «O‘zbekkino» DAKda boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishladim.

Faoliyati

Ijodimni bolalarga hikoya yozishdan boshlaganman. «Daradagi qishloqda» degan birinchi hikoyam 1956 yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilib chiqdi. Birinchi hikoyalar to‘plamim ham shu nomda 1959 yili chop etildi.

Shundan buyon bolalarga 60 dan ziyod hikoya, uchta qissa yozdim, 15 tadan ortiq kitob nashr ettirdim. Ulardan «Orzuga ayb yo‘q», «Bo‘sh kelma, Aliqulov», «Bir qultum buloq suvi» sarlavhali qissalar va turli yillarda yozilgan hikoyalar o‘rin olgan.

Kattalarga yozishni hajviy hikoyalardan boshlaganman. Biroq keyinchalik meni ko‘proq jiddiy mavzular qiziqtira boshladi. Shu sabab qissalar, pesalar, stsenariylar yozishga kirishdim. «Sunbula», «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman», «Soz va qilich» «Kuymagan jonim manim» degan to‘rtta qissa, o‘ndan ortiq pesa, yigirmaga yaqin stsenariylar yaratdim. Ba’zi stsenariylarimni o‘zim rejissyorlik qilib suratga oldim. Xususan, «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Sensan sevarim», «Men senga zor», «So‘nmas ziyo» kabi filmlarga o‘zim stsenariy yozib, o‘zim rejissyorlik qilganman. Shuningdek, «Askiya», «Qiziqchi» singari badiiy hamda yigirmadan ziyod hujjatli filmlarning muallifiman.

Katta janrlarga berilib ketib, hech qachon hajviy hikoyalar yoki bolalarga yozishni kanda qilmaganman, o‘qtin-o‘qtin bo‘lsa-da, bolalarga ham hajviy hikoyalar yozib turaman.

Chamalab ko‘rsam, kattalarga yuztacha hikoya bitibman, ular qissalarim bilan birga o‘n oltita to‘plam holida chop etildi. Jami bolalar va kattalarga bag‘ishlangan kitoblarim soni o‘ttizdan oshiq.

Men asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan adiblardan emasman. Nari borsa o‘nga yaqin tilga ag‘darilgandir bitiklarim. Biroq bu hol meni aslo ranjitmaydi. Chunki asarlarim avvalo o‘z xalqimga manzur bo‘lishini istayman.

Zero, o‘z xalqingga manzur bo‘lgan asargina boshqa xalqlarning ham diqqat-e’tiborini tortishi mumkin.

Anchadan beri olti seriyali «Lafz» degan filmimning stsenariysini qissaga aylantirishni niyat qilib yurardim. Hozir shu niyatimni amalga oshirish bilan mashg‘ulman. Bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissam uchun G‘afur G‘ulom nomidagi mukofotni olganman.

2000 yilda esa hukumatimizga rahmat, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirladi xizmatlarimni. Eng qadrli va aziz mukofotlarimdan yana biri kitobxonlarimning ilgari xat orqali, endilikda og‘zaki tarzda asarlarim haqida fikr aytib, minnatdorchilik bildirishlari.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/musajonov_farhod_
Sayt foyda berdi!
88545 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi