Farruh Komilov Ravshanovich

Farruh Komilov  Ravshanovich
Aktyor, Qo`shiqchi
Tavallud sanasi:
1989 yil 20 may

Komilov Farruh Ravshanovich. 1989 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1996 yil Chilonzor tumanidagi 270-o'rta maktabda ilk tahsillarini ola boshlagan. 1998 yil musiqaga bo'lgan qiziqishi tufayli Chilonzor tumanidagi 7-sonli musiqa maktabiga o'qishga kiradi. Musiqiy bilimini yanada kuchaytirish uchun 2004 yil Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga imtihon topshiradi va tahsil olishga layoqatli deb topiladi.  Hozirda Nizomiy nomidagi Pedagogika Universiteti talabasi hisoblanadi. Farruh Komilov san'atga kirishiga otasi Ravshan Komilov sababchi bo'lgan. Uning birinchi qo'shig'i "Har taraf" deb nomlangan bo'lib, u Farruhga ilk shuhratni olib kelgan. Har bir qo'shig'ini yaralishida albatta avval otasi bilan maslahatlashadi. 2005 yil Ravshan Komilov hamda Farruh Komilov birgalikda Xalqlar do'stligi saroyida konsert dasturlarini taqdim etishdi. 

Manbaa: http://www.tarona.net/news/faruh_komiov_haqida_biografiya/2012-05-12-1308