Gulchehra Jamilova

Aktyor
Gulchehra Jamilova
Tavallud sanasi:
02,07.1946

Gulchehra Mannonovna Jamilova (1946 yil 2 iyulda tavallud topgan)—aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1992).

1946 yil 2 iyulda Toshkentda tavallud topgan. 1964 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.
Keyinchalik 1968 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-san’at institutining aktyorlik fakultetini tamomladi. "Bahor" Davlat xalq raqs ansamblida yakkaxon ijrochisi bo‘lgan. 1966— 1987 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat boshladi.1987 yildan 1991 yilga qadar O‘zbekiston davlat drama teatrida faol xizmat qildi. 1991 yilda Xamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatriga qaytdi. Gulchehra Jamilova kino sohasidagi ish faoliyatini 1962 yilda boshlagan.

Birinchi marotaba “Shohsanam va g‘arib” filmida Shohsanamning dugonasi rolida o‘ynagan. 1966 yilda Silviyada “Veronalik ikki yigit” sahnalashtirilgan teatrida rol o‘ynadi. U yana boshqa ko‘pgina postanovkalarda, “Qonli sarob”, “Oltin devor”, “Zebuniso”, “Nodirabegim”, “Boy ila xizmatchi” va boshqalarda rol ijro etdi.
1968 yilda A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosida suratga olingan filmida Kumush rolini ijro etdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/jamilova_gulchehra
Sayt foyda berdi!
42758 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi