Hakim Zaripov Karimovich

Hakim Zaripov Karimovich
Aktyor
Tavallud sanasi:
17.09.1924

Hakim Karimovich Zaripov (Toshkent)—o‘zbek, sovet sirk artisti, otliq-chavondoz, ot o‘rgatuvchi, Sovet Ittifoqi xalq artisti(1980).

Hakim Zaripov 1924 yil 17 sentyabr Toshkentda sirk sulola asoschisi Karim Zaripov oilasida tavallud topgan.
Sirkdagi faoliyati 1938 yil otasi Karim Zaripov boshchiligida otliq-chavondoz ansambli “O‘zbekiston chavondozlari”da faoliyatini boshladi.
1952 yildan 2006 yilga qadar ushbu jamoaga yetakchilik qildi.

Ansambl bilan birgalikda ko‘pgina shaharlar va chet ellarda: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlyandiyada xizmat safarida bo‘lgan.

U R.Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini (hozirgi Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi ), so‘ngra Toshkent konservatoriyasining (hozirgi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik bo‘limi)ni tamomlagan.
Turli hil joydagi sirklarda, dasturlar, sirk jamoalarining badiiy rahbari bo‘lib ishladi.

Ko‘pgina sirk artistlariga ta’lim berdi.

Hozirgi vaqtda ish faoliyatini davom ettirmoqda. “O‘zbekiston chavondozlari” guruhini yangidan qayta tikladi va otlarni o‘rgatish bilan shug‘ullanmoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1954)

  • O‘zbekiston xalq artisti (1964)
  • Sovet Ittifoqi xalq artisti (1980)
  • Sovet Ittifoqining turli Oliy Kengashlarida 12 ta faxriy yorliqlar sohibi
Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/zaripov_hakim_karimovich