Halima Nosirova

Qo`shiqchi
Halima Nosirova
Tavallud sanasi:
07.12.1913
Vafot sanasi:
3.01.2003

Iste’dodli opera artisti, o’zbek qo’shiq san’atining yirik namoyandasi Halima Nosirova 1913 yilda Qo’qonda tug’ilgan. U 1927 yilda Boku teatr texnikumini, 1937 yilda Moskva konservatoriyasi qoshidagi o’zbek opera studiyasini, 1927 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasini tugatgan.

H.Nosirova o’z ijodiy faoliyatini O’zbek Davlat namuna gruppasi (hozirgi Hamza teatri)da boshlab, N.Gogolning «Revizor»ida Mariya Antonovna, K.Gotstsining «Malikai Turondot»ida Malikai Turondot rollarini ijro etgan. 

1929—1939 yillarda u O’zbek Davlat musiqali teatrida ishlab, S.Abdullaning «Po’rtana», G’ulom Zafariyning «Halima», U.Hojibekovning «Arshin mol olon», Xurshid va T. Sodiqovning «Layli va Majnun», Xurshid va V. Uspenskiyning «Farhod va Shirin», K.Yashin, M.Muhamedov, R.Glierning «Gulsara» kabi musiqali dramalarida bosh rollarni ijro etib, xalq nazariga tushdi.

H. Nosirova 1939 yildan boshlab uzoq yillar Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatrining yetakchi solistkasi bo’lib faoliyat ko’rsatib, o’nlab to’laqonli obrazlar yaratdi va betakror san’at sohibasi sifatida shuhrat qozondi. Ye. Brusilovskiyning «Er Targ’in» operasidagi Oqjunus obrazi H.Nosirovaning birinchi opera partiyasi bo’lgan bo’lsa, keyinchalik birinchi o’zbek operasi «Bo’ron»da Norgul, «Layli va Majnun»da Layli rollarini ijro etdi.

H. Nosirova Ikkinchi Jahon urushi va urushdan keyingi yillarda A.Kozlovskiyning «Ulug’bek» operasida Sin Dun Fan, J.Bizening «Karmen»ida Karmen, T.Jalilov, B.Brovtsinning «Tohir va Zuhra»sini Zuhra, R.Glier, T.Sodiqovning «Gulsara»sida Gulsara obrazlarini yaratdi. 

Tabiat bergan yoqimli ovoz sohibasi, opera ijrochiligi san’atini puxta egallagan aktrisa ijrosida Gulsara obrazi sahnada o’zgacha jilo, fayzu tarovat kasb etadiki, go’yo Gulsara obrazi H. Nosirovaga atab yozilgandek tuyuladi, tomoshabinga.

H. Nosirova S. Yudakovning «Maysaraning ishi»da birinchi marta o’zbek operasida hajviy obraz yaratdi-ki, Maysara xarakteriga xos lirik, dramatik va komik holatlar aktrisa ijrosida o’zining yorqin ifodasini topdi. Shuningdek, T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy, D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon»idagi Zaynab, S.Boboevning «Hamza»sidagi Saodat, M.Yusupovning «Xorazm qo’shig’i»dagi Bahor obrazlari ham H. Nosirova ijodida muhim o’rin tutadi.

H. Nosirova A. Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida 1938 yildan 70-yillargacha sahnalashtirilgan asosiy opera asarlarida bosh rollarni mohirona ijro etib, o’zbek opera san’atining taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi, ulkan iste’dodli san’atkor sifatida shuhrat qozondi, o’zbek san’atining peshqadam vakillari safidan o’rin oldi. 

Bunda albatta, uning xushovoz xonandalik san’atini puxta egallaganligi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. San’atkorning shirali va betakror ovozda zavq va shavq bilan aytgan va magnit tasmalariga yozilgan «Ushshoq», «Dugoh», «Kel ertaroq», «Chaman ichra», «Tanovar», «O’zgancha», «Gul yuz uzra», «Fig’on», «Men o’zbek qiziman», «Mehnat ahli», «O’zbek qizi ovozi» kabi mumtoz, xalq va zamonaviy qo’shiqlar hamon o’z qadr-qimmatini yo’qotmay, san’at muxlislariga estetik zavq, olam-olam quvonch baxsh etib kelmoqda. Hakiqiy san’atkorning baxti ham ana shunda, el ardog’ida bo’lsa kerak.

Chet el va hamdo’stlik mamlakatlarining qo’shiqlari ham H. Nosirova repertuarida muhim o’rin tutib, u Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Misr, Suriya, Livan, Birma, Afg’oniston va boshqa xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo’lib, o’zining dilbar qo’shiqlari bilan minglab tinglovchilarni maftun etib, o’zbek xalqining milliy qo’shiq san’atini keng targ’ib qildi.

H. Nosirova ijodiy ishlarini jamoat ishlari bilan chambarchas holda olib bordi, o’z bilim va malakasini yoshlarga o’rgatishdan charchamadi, ko’plab yetuk san’atkorlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. N.Ahmedova, Sh.Rahimova, B.Davidova, H.Mavlonova, T.Fozilova, F.Boroxova, E.Jalilova, K.Ismoilova kabi taniqli xonandalar H. Nosirovaning shogirdlaridir.

Halima Nosirovaning yarim asrlik serqirra va sermazmun ijodi «O’zbekiston xalq artisti», «Xalq artisti» unvonlari, ikki marta Davlat mukofoti (1949, 1951), O’zbekiston Davlat mukofoti (1971) bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 9 yilligi munosabati bilan o’zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shganligi uchun Halima Nosirova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/nosirova_halima
Sayt foyda berdi!
86554 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi