Teatr va kino aktyori Xusan Sharipov 1937 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1963 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati instituti (hozirgi M.Uyg’ur nomidagi Toshkent Davlat san'at instituti)ning aktyorlik fakul'tetini tugatgan. H.Sharipov 1959-1991 yillarda Muqimiy nomidagi O`zbek Davlat musiqali drama teatrida aktyor bo’lib ishlaydi.
Asosiy ishdan ajralmagan holda 1980-1985 yillarda Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutida pedagoglik qiladi. 1985-1988 yillarda Muqimiy teatri direktori, 1990-1995 yillarda O’zbekiston Teleradiokompaniyasida Badiiy so’z ustasi, 1995 yildan O’zbekiston Teatr arboblari uyushmasi kotibi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
X.Sharipov Muqimiy nomidagi O`zbek Davlat musiqali drama teatridagi o’ttiz yillik faoliyati davomida ellikka yaqin turli xarakterdagi rang-barang obrazlar yaratdi."Muqimiy" spektaklidagi Boy, "Toshbolta oshiq"dagi Toshbolta, "Shum bola"dagi Shum bola, "Mangulik"dagi qodir, "Vatan ishqi"dagi Abdusamat, Xushmamat, "Suv keltirgan aziz" spektaklidagi Asatullo, "Xotinimning eri" komediyasidagi Po’lat, "O’jarlar"dagi Tojivoy, "Jon qizlar"dagi Hasan, "Xonuma xonim"dagi Akop, "Laqma" musiqali dramasidagi Husniddin, "Aka-uka sovchilar"dagi Abdulla kabi obrazlar H.Sharipov ijodining mahsulidir.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.