Ilhom Farmonov

Qo`shiqchi
Ilhom Farmonov
Tavallud sanasi:
1978-yil 26-aprel

Ilhom Farmonov 1978-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida san'atkor Shomurod Farmonov oilasida tavallud topdi. U yoshligida uyiga ko'pgina otasining san'atkor do'stlari kelib ketgan vaqtlari qo'shiq aytishga juda ham qiziqishi uyg'onib qolgan. Bolaligida Chilonzor tumanidagi 84–maktabga boradi.

Maktabni tugatgandan so'ng A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutining xalq musiqa fakultetiga o'qishga kiradi. Ilhom Farmonov ilk ijodini 1986-yil "Eh orzular", "Tinchlik bo'lsin" qo'shiqlari bilan boshladi. Xonandaning "Qora ko'z", "Senmuding", "Dilbari jonon", "Sevganim sevgan" va barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetgan desak ham adashmaymiz. Hozirgi kungacha xonandaning 200 dan ortiq qo'shig'i 80 dan ortiq kliplari va 10 ta albomi o'z muhlislari yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qora ko'z", "Onajoning rozi qil", "Binafsha", "Sinchalak", "Gulim" kabi albomlari shular jumlasidandir. Ilhom Farmonov kino san'atida ham o'zini sinab ko'rgan. U 2003-yilda suratga olingan Lutfulla Sa'dullayevning "Munis onam" filmida bosh rolni, ya'ni Iqbol obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Xonanda bir qator mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 1989-yil "Kamolot" diplomanti bo'lgan, 1997-yilda O'zbekiston Vatanim mening ko'rik tanlovida birinchi o'rin sohibi, 2000-yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist nomiga sazovor bo'ldi.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/ilhom-farmonov.html
Sayt foyda berdi!
41790 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi