Imomqulixon

Imomqulixon
Tavallud sanasi:
1582
Vafot sanasi:
1644

Imomqulixon (1582-1644) — o‘zbeklarning janidlar — Ashtarxoniylar sulolasidan, Buxoro xonligining uchinchi xoni. Hukmronlik yillari 1611-1642.

Hokimiyatga kelishi va ichki siyosat

Buxoro xoni Vali Muhammadning (1605−1611) jiyani hamda katta akasi Dinmuhammad Imomqulixon (1611−1642) uning vorisi bo‘lgan. Vali Muhammadxonning siyosati aslzodalarda norozilik tug‘diradi va ular xonni taxtdan yiqitib, o‘rniga Imomqulixonni o‘tkazishadi. Siyosiy kurashda Vali Muhammadni Abbos I shox boshchiligidagi so‘fiylar qo‘llab-quvvatlashadi, biroq eron jangchilari qozoq jangchilari ittifoqdoshligidagi Imomqulixon tomonidan tor-mor qilinadi. Shunga qaramay, 1612 yil u o‘zining bosh qo‘mondoni Yalangtush Bahodirbek elchin boshchiligidagi jangchilarini qozoq xoni Yesimxonga qarshi yuboradi.

1621 yil Tursun sulton boshchiligidagi qozoq jangchilariga qarshi ashtarxoniylar jangchilari bosh qo‘mondoni Yalangtush Bahodir bo‘lgan.

1628 yil Imomqulixon buyrug‘i bilan Yalangtush qozoq Abuli Sultonni Toshkent ostida barbod qilgan va uni Qashqarga qochib ketishini majburlagan.

1636 yilda Imomqulixon jangchilari Yalangtush biy boshchiligida Sayramga yurish uyushtirishadi va atrofdagi qozoq qabilalariga hujum uyushtirishadi. Harbiy yurishlar Dashti Qipchoqqacha davom etgan.

Imomqulixon hukmronligida Ashtarxoniylar davlati barpo etilgan vaqtidan buyon eng yuqori cho‘qqisiga erishgan. Imomqulixonning tog‘asi o‘zbeklar naslidan bo‘lgan Nodir devonbegi ham mamlakatda juda katta hurmatga ega bo‘lgan. U davlat moliya ishlari vaziri bo‘lishiga qaramay, ilm-fan va san’at homiysi o‘rnida ko‘proq tanilgan. U o‘z mablag‘iga Buxoro hamda Samarqandda madrasa qurdirgan.

Muvaffaqqiyatli tashqi siyosatga qaramay, Imomqulixon alohida o‘zbek qabilalaridan bo‘lgan separatizmlar bilan bog‘liq mamlakatdagi ichki siyosiy ziddiyatlarni bartaraf qila olmagan.

Shunga qaramay, buxoroliklar unga dono, jasur va adolatli xon deya ta’rif berishgan, zero u xalqning muhabbatiga sazovor bo‘lgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/imomqulixon