Iqbol Mirzo ijodi 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, shoir she’riyati inson ruhi, qalb harorati silsilali tuyg‘ularini o‘zgacha ifodalashi bilan ajralib turadi. Iqbol Mirzoga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan. U adabiyotimizning kenja avlodiga mansubdir.
Tarjimai hol
Iqbol Mirzo 1967 yilning 1 may kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan.
1984 yili o‘rta maktabni tugatgach, Farg‘ona Davlat pedagogika institutining “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1991 yili muvaffaqiyatli yakunlagan.
Iqbol Mirzo «O‘zbekiston tabiati», «Vatan» kabi gazetalarda bo‘lim boshlig‘i, mas’ul kotib vazifalarida ishlagan. Hozir O‘zbekiston teleradiokompaniyasida ishlamoqda.
2005 yili Iqbol Mirzoga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.
Iqbol Mirzo ijodi 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning «Yurakning shakli», «Ko‘ngil», «Seni sog‘inaman» she’riy to‘plamlari chop etilgan. Shoir she’riyati inson ruhi, qalb harorati silsilali tuyg‘ularini o‘zgacha ifodalashi bilan ajralib turadi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.