Isfandiyorxon

O`rta asr arbobi
Isfandiyorxon
Tavallud sanasi:
1871 yil
Vafot sanasi:
1918 yil

Isfandiyorxon (1871—1918) —1910—1918 yillari xiva xoni. Xiva xonligining o‘zbek qo‘ng‘irot qavmidan o‘n ikkinchi xukumdori. 

1910 yili uning otasi Muhammad Raxim xon II ning vafotidan so‘ng taxtga Isfandiyorxon chiqqan. Otasidan farqli u alohida qobiliyatlarga ega emas edi. Uning xukmronligi davrida davlat boshqaruvida bosh vaziri Islom xo‘ja katta o‘rinni egallardi. Uning mablag‘i hisobiga Xivada paxta tozalash zavodi, shifoxona, apteka, pochta, telegraf, yangi uslubdagi maktab qurilgan. 1908-1910 yillari Islom xo‘ja Ichan qal’aning janubi-g‘arbiy tomonida kichik madrasa va eng baland minorali ansabl qurdirgan. Islom xo‘ja keyinroq Isfandiyorxonga bildirilmagan holda o‘ldirib yuborilgan.


Imperator Nikolay II Isfandiyorxonni Muqaddas Stanislav va Muqaddas Anna ordenlari bilan taqdirlagan. 1910 yili Isfandiyorxonga Rossiya armiyasining General-mayori unvoni berilgan. 1911 yili Oliy hazratlari yaqinlari hisobiga kiritilgan. 1913 yili Imperator Nikolay II dan «Oliy hazrat» maqomini olgan.
Rossiyadagi Fevral qo‘zg‘oloni Xiva xonligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1917 yil 5 aprelda yoshxivachilar (mladoxivintsi) Isfandiyorga islohotlar o‘tkazish talabini qo‘yishdi. Xon xalq oldida vakiliy organ- majlis tashkil etishga va unga yoshxivachilarni qo‘shishga va’da berishga majbur bo‘ldi. Xon xukumronlik vakolati chegaralandi. Majlis raisi etib yoshxivachilardan Bobooxun Salimov saylandi. Ammo keyinchalik vaziyat jiddiylashdi va reaktsion kuchlar yuqorini egalladi. Natijada, yoshxivachilar xokimiyati yo‘q qilindi, e’lon qilingan islohotlar bekor qilindi. Shu vaqtda Xivaga turkman qavmining rahbari Junaidxon qaytdi. U xon qo‘shinlari qomondoni etib tayinlandi va ko‘p o‘tmay u barcha xokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.


Isfondiyorxon xukmronligi davrida Xivada yangi masjidlar va madrasalar qurildi. 1912 yili Isfandiyorxon qabulxonasi qurildi. Bu Nurulla boy kompleksida alohida korpus edi, unda bir qancha turli hajmdagi xonaqolar joylashgan bo‘lib, ular orasida rus moderni ruhida bezatilgan taxt xonasi mavjud. Isfandiyorxon ushbu saroy uchun ko‘p unsurlarni Peterburg imperator farfor zavodiga buyurtma bergan.
Fotograf va birinchi o‘zbek kinorejissyori Xudoybergan Divanov Isfandiyorxonni o‘z merosxo‘ri bilan foytunda chiqishi haqida birinchi o‘zbek hujjatli kinosyujetini 1910 yili suratga olgan. 
1918 yili Isfandiyorxon, Nurulla boy saroyida Junaidxon odamlari tomonidan uyushtirilgan, davlat to‘ntarilishida o‘ldirildi. Taxtga uning kichik yoshdagi ukasi Said Abdullaxon chiqarildi (1918-1920 yillari xukumronlik qilgan). Haqiqatda esa xokimiyat Junaidxon qo‘lida edi.

Mukofotlar
- Muqaddas Stanislav 1-chi darajali ordeni (1896)
- Oliy imperatorlik hazratlari Nikolay II brilliant venzeli (1896)
- Muqaddas Anna brilliantli 1-chi darajali ordeni (1900)
- Oq burgut ordeni (1911)

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/isfandiyorxon
Sayt foyda berdi!
69240 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi