Iskandar Ikromov

Rassom
Iskandar Ikromov
Tavallud sanasi:
15.04.1904
Vafot sanasi:
06.11.1972

Tug‘ma iste'dod sohibi bo‘lgan, Mashhur grafik rassomi, Kitobat san'atida o‘ziga xos maktab yaratgan Iskandar Ikromov 1904 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Tug‘ma iste'dod sohibi bo‘lgan rassom yoshligidanoq tasviriy san'atni mo‘'jiza deb bildi va 1923 yilda Eski Jo‘va maydonidagi 1-bosmaxonada joylashgan Turkiston muzofot rasm maktabiga o‘qishga bordi.

Tasviriy san'atdan ilk saboqni shu yerda olgan bo‘lajak rassom 1925-1929 yillarda Sankt-Peterburgda, Badiiy akademiya qoshidagi Badiiy san'at texnikumida ta'lim oldi.

1929-1930 yillarda Samarqand pedagogika texnikumida o‘qituvchi, 1929-1959 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida grafika bo‘limi mudiri, 1959-1965 yillarda O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi raisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi.

Musavvir 30-yillarda «Maorif va o‘qituvchi», «Alanga», «Yer yuzi» jurnallarida tasviriy san'atga oid maqolalar e'lon qilish bilan birga rassomlik san'ati va bezak san'ati haqida «Rasm o‘rganish» qo‘llanmasi (1933), «Harf yozishni o‘rganing» (1935), «O‘zbekcha rasmli kesma alifbe» (1932), «O‘zbekcha alifbe, bo‘yash kitobchasi» (1932) kabi uslubiy qo‘llanmalarini yaratdi.

Ular san'at muxlislari tomonidan yaxshi qabul qilinib, o‘sha yillarda bu qo‘llanmalar Shonazar Shorahimov, Bahrom Hamdamiy, Lutfulla Abdullayev, Hamidulla Ikromov, Samig‘ Abdullayev kabi rassomlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga dasturulamal vazifasini o‘tadi.

Rassom o‘z ijodiy faoliyati davomida, ayniqsa, kitoblar, ularning muqovalari va ichki bezaklarini bezash bo‘yicha mohir rassom sifatida shuhrat qozondi.

Uning N.Safarovning «Unutilmas kunlar», Q.Loxutiyning «Biz yengamiz» kitoblariga, Hamza, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom asarlariga, Pushkin poemalariga, Shevchenkoning «Qo‘buzchi», Turgenevning «Arafa», Tursunzodaning «Chamanzor», Berdi Kerboboyevning «Dadil qadam», Rajabiyning «O‘zbek xalq musiqasi» asarlariga ishlagan bezaklari nafaqat rassom ijodida, balki kitob bezash san'ati sohasiga muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

«O‘zbeklar orasidan yetishgan birinchi poligraf san'atkori kitob doktori (rassomi) o‘rtoq Iskandar ishiga sevgi ila yopishganligi ma'lum, deb yozgan edi taniqli yozuvchi Oybek keng ijodiy sohasiga endi kadam qo‘yayotgan o‘rtoq Iskandarning maktab doirasida bajargan ishlarida ham katta umidlar baxsh etuvchi narsalar bor. Iskandar har rassom kabi chiziqlarning, ranglarning sirini ko‘p yaxshi anglaydi. Chiziq va ranglarga hayot, harakat kirgizadi».

I.Ikromov Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazishda faol ishtirok etib. Shoirning «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Saddi Iskandariy» «Xazoyin ul-maoniy» kitoblarini go‘zal uslubda bezadi. Ularda shoir yashagan davr me'morchiligida qo‘llangan naqsh namunalaridan, o‘sha davr qo‘lyozmalarida ishlangan bezaklardan ustalik bilan foydalandi. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Lutfiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi madaniyatimizning buyuk namoyandalari kitoblariga ham katta mehr va samimiyat bilan bezaklar ishladi. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarining I va V jildlariga chizgan bezaklari yorqinligi, hayotiyligi va katta jozibasi bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi.

I.Ikromov ijodiga o‘z vaqtida Oybek, Ch.Ahmarov, Mirmuhsin hamda yirik kitobshunos va san'atshunos A.Sidorovlar yuqori baho berganlar. «Iskandar aka nozik didli ajoyib inson edi. Shuning bilan birga, u o‘zbek grafika san'atining asoschisi edi,—degan edi O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov. — Iskandar Ikromov birinchi bo‘lib, o‘zbek milliy kitobat san'atini tiklagan va uning shuhratini jahonga namoyish qilgan san'atkor edi.

Iskandar akada o‘zbek milliy ziyolilarining ko‘p ijobiy fazilatlari mujassam edi. Shu bois Iskandar Ikromov avvalgi o‘zbek ziyolilariga xos fazilatli inson va o‘z milliy san'atini qalbdan sevgan ijochkor sifatida katta taassurot qoldirgan».

I.Ikromov xalqaro va respublika kitob tanlovlari va ko‘rgazmalarida o‘z asarlari bilan qatnashib, yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Sobiq Ittifoq kitob, grafika va plakatlar ko‘rgazmasida Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari bezagi uchun 1956 yilda ikkinchi darajali diplom, 1959 yilda Olmoniyaning Leypsig shahrida o‘tkazilgan xalqaro kitob ko‘rgazmasida Alisher Navoiyning «Lirika» kitobiga ishlagan bezagi uchun Bronza medali, 1965 yilda Alisher Navoiyning «Hikmatli so‘zlar» kitobi muqovasi uchun sobiq Ittifoq Rassomlar uyushmasining ikkinchi darajali diplomi bilan taqdirlangan. Shuningdek, 1970 yilda Urta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining eng yaxshi kitob va jurnal bezaklari uchun o‘tkazilgan 9-tanlovida 1-darajali diplomga ham sazovor bo‘lgan.

Akademik shoir G‘afur G‘ulom Iskandar Ikromov bezagan o‘z kitobini qo‘liga olar ekan: «Avval Moniy, Iskandar soniy»; deb uning san'atiga yuksak baho berganligi bejiz emas. Chunki rassom o‘zbek kitobat san'atida milliy an'analarga suyangan holda o‘z maktabini yaratdi.

I.Ikromov ijodiy ish bilan rahbarlik va jamoat ishlarini baqamti olib bordi. U O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi raisi, sobiq Ittifoq Rassomlar uyushmasi rahbariyatining kotibi, Sharq xalqlari san'at Davlat muzeyi ilmiy kengashi, O‘zbekiston madaniyat vazirligi metodik kengashi a'zosi edi. Uning sermazmun ijodi «O‘zbekiston xalq rassomi» (1944) unvoni va bir necha orden, medallar bilan munosib taqdirlandi.

Mashhur grafik rassom Iskandar Ikromov 1972 yil 6 noyabrda Toshkent shahrida vafot etdi. Undan bebaho san'at asarlari, ajoyib shogirdlar va sadoqatli far-zandlar qoldi. Uning hayot yo‘li ana shu shogird va far-zandlari uchun bebaho kitobdek muqaddasdir.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ikromov_iskandar_
Sayt foyda berdi!
81609 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi