Ismoil Somoniy

Ismoil Somoniy
Tavallud sanasi:
849 Noyabr 24
Vafot sanasi:
907

Abu Ibrohim Ismail ibn Ahmad Somoniy — Somoniylar sulolasi amiri, O‘rta Osiyoda davlat shakllanishi asoschisi.

Ismoilning tug‘ilgan joyi haqida bir nechta tahminlar mavjud. Olimlar Farg‘ona hamda Balxni tilga olishadi. Ismoyil mahalliy zodagon Somonxudotning o‘g‘li bo‘limish Ahmadning oilasida tavallud topgan. Ismoyil o‘zining Buxorodagi akasi Nasrning o‘rinbosari (874—892) bo‘lgan.

888 yil u o‘z akasini yenggan va hayotini saqlab qolgan. Akasining o‘limidan keyingina Movaraunnaxr amiri bo‘ladi va 892 yili ushbu mamlakat xalifi etib tayinlanadi. Nizo va isyonlarni bartaraf etishdan hamda yakkahokimiyatchiligini o‘rnatishdan so‘ng turkiy ko‘chmanchi xalqning bosqinchiligiga qarshi xalq tinchligi ta’minlanishi ustida ishlashiga to‘g‘ri keldi. 893 yil u Tarazgacha yurish qiladi, shaharni va boy kumush konlariga ega Talas vodiysini bosib oladi. Movaraunnaxrda kuchayib borayotgan Somoniylar va Xurosondagi Saffariylar o‘rni Bog‘dod xaliflarini bezovtalantirib qo‘ydi. 898 yil xalif Ismoyilni taxtdan tushirish va Movaraunnaxr o‘rinbosari o‘rnida Saffaridlardan Amr ibn Laysning kelishi haqida farmon chiqardi. Shunga qaramay, Balxda bo‘lib o‘tgan jangda Ismoyil Somoniyning g‘alabasidan so‘ng xalif Ismoyilga (900) o‘z mamnuniyatini bildiradi.

Somoniylar hukmronligi davrida poytaxt shahar bo‘lgan Buxoroda Ismoyil Somoniyning maqbarasi — ajoyib me’moriy yodgorlik, sulola hilxonasi joylashgan.

1999 yil Tojikistonda Somoniylar davlatining 1100-yilligi nishonlangan, Dushanbeda Do‘stiy maydonida tojiklar davlati birinchi hukmdori Ismoyil Somoniy xotirasiga atalib, 113 metrlik arxitektura ansambli bunyod etilgan.

Tojikistonda mamlakat asoschisi xotirasiga Ismoyil Somoniy ordeni ta’sis etilgan, hukmron surati tushirilgan pul birligi kiritilgan, ma’muriy tumanlar, shaharchalar, maydon va ko‘chalarga uning nomi berilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ismoil_somoniy