Ismoil To‘xtamishev shoir sifatida u 70-yillardan matbuotda ko‘rina boshlaydi. Shoir she’rlarini o‘qiganda bepoyon Qarshi cho‘llarining tabiatiga, kayvoni odamlariga xos ham qaxrli, ham mehrli nido eshitiladi. Shoir Ismoil To‘xtamishev qashqadaryolik. U Qamashi tumanining Arolovul qishlog‘ida, xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.
Biografiya
1966 yilda o‘rta maktabni tugatib, «Qashqadaryo haqiqati» gazetasida musahhih sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1967-1972 yillarda Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetida bilim oladi. So‘ng turli jamoat ishlarida mehnat qiladi. Viloyat madaniyat bo‘limini boshqaradi.
Ma’lum vaqt O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifani ham ado etadi. Shoir sifatida u 70-yillardan matbuotda ko‘rina boshlaydi.
Ismoil To‘xtamishev she’rlarini ko‘zdan kechirsak, ularda shoir qalbi, dardi, mahorati ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Uning she’rlarini o‘qiganda bepoyon Qarshi cho‘llarining tabiatiga, kayvoni odamlariga xos ham qaxrli, ham mehrli nido eshitiladi. Bilamizki, Qarshi dashtlari yozda yondiradi, qishda qaqshatadi. Uning odamlari ana shu tabiat to‘lqinida toblangan, chidamli, zahmatkash, mehridaryo insonlar, bunyodkor odamlardir.
Shoir shular haqida kuylaganda quyosh haroratidek qaynoq mehr in’om etadi, ardoqlaydi. Aksincha, qallob, poraxo‘r o‘g‘rilarga ko‘zi tushganda qish izg‘irinidek nafrat bilan la’natlaydi. Mana shu qiyosiy tasvir tabiat, inson va jamiyat muammolarini poetik hal etishga yo‘l ochadi.
Faoliyati
Dastlabki she’ri 1976 yilda matbuotda Abdulla Orirovning «oq yo‘l»i bilan chop etiladi. Shundan buyon uning «Cho‘l boychechagi» (1982), «Onam tilaklari» (1983), «Dunyo ustuni» (1987), «Hayqiriq» (1990), «Senga intildim» (1992), «Dil sadolari» (1993), «Ko‘hna nasaf xayoli» (1994) kabi bir qator she’riy majmualari bosmadan chiqadi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.